A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Angren quvur zavodi yoshlari - chempion

on .

Avval xabar berilganidek, OKMK yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan kombinat yordamchi korxonalarida mehnat qilayotgan yoshlar o’rtasida mini futbol bo’yicha turnir tashkil etildi.

2020 yilning 14-15 noyabr kunlari o’tkazilgan turnirda 20ta jamoa 4 guruhga bo’lingan holda bahs olib borishdi.

Musobaqa yakunida faxrli uchinchi o’rinni Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi egalladi.

Finalda Texnik xavfsizlik tizimi xizmati hamda Angren quvur zavodi yoshlari o’zaro ro’baro’ kelishdi.

SHiddatli bahslarga boy bo’lgan final uchrashuvida omad Angren quvur zavodi yoshlariga kulib boqdi. Va ular turnir chempioni bo’lishdi.

Shuningdek, turnirda eng yaxshi o’yinchisi, darvozabon va hujumchi nominatsiyalari sohiblari ham aniqlanib, ularga qimmatbaho sovg’alar va diplomlar taqdim etildi.

Turnir g’oliblariga pul mukofotlari tuhfa qilindi.

"Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech