A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

“Zakovat” bellashuvlari start oldi

on .

Bugun “Toj Mahal” tantanalar saroyida  "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi hamda Olmaliq shahar Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida  "ZAKOVAT" intellektual o’yini o’tkazildi.

O’yinda kombinat va Olmaliq shahar yoshlaridan tashkil topgan jamoalar 3 ta guruhga ajratilgan holda g’oliblik uchun bahs olib borishdi. 

Qiziqarli bahslarga boy bo’lgan “A” guruhi jamoalari o’rtasida tashkil etilgan bellashuvda OKMK Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi hamda Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi jamoalari finalga chiqishdi.

Intellektual o’yin Nizomiga muvofiq eng yuqori natija ko’rsatgan ushbu ikki jamoa to’g’ridan-to’g’ri 18 dekabr kuni o’tkaziladigan final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

“B” guruhidagi jamoalar 27 noyabr kuni bellashishadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech