Yoshlar ittifoqi bolalar uyida
Shu yilning 9-10 yanvar kunlari “Olmaliq KMK” AJ Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan xayriya marafoni o’tkazildi.
Shu yilning 9-10 yanvar kunlari “Olmaliq KMK” AJ Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan xayriya marafoni o’tkazildi.
Sir emaski, yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardanoq nafaqadagi keksa otaxon va onaxonlarga, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga katta g’amxo’rlik va beminnat yordam ko’rsatib kelinmoqda.
Bugungi kunda 30 ming nafardan ziyod ishchi-xodimlarni o’zida birlashtirgan “Olmaliq KMK” AJning turli korxona va sexlarida mehnat qilayotgan yoshlar qatlami 10 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda.
Yoshlar o’rtasida kasbiy mahorat va ko’nikmani yuksaltirish, ularning o’z kasblariga bo’lgan sadoqat tuyg’ularini yanada kuchli tarbiyalash kabi jihatlar ishlab chiqarish jarayonida asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo’ladi.