O’zbek tilim - g’ururim, taqdirim, kelajagim
OKMK Mis eritish zavodi Yoshlar ittifoqi hamda Kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan, zavod ishchi-xodimlari o’rtasida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to’lgani munosabati bilan “O’zbek tilim - g’ururim, taqdirim, kelajagim” shiori ostida "Bilimdonlar maydoni" intelektual o’yini tashkil etildi.