http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tashqi-iqtisodiy munosabatlar

O’zbekiston metallurgiya sanoatining yetakchi korxonalaridan biri va MDH mamlakatlarining yirik kon-metallurgiya korxonasi hisoblanadigan "Olmaliq KMK" AJ tashqi iqtisodiy faoliyati dunyo bozorida sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va ishonchli biznes-hamkor sifatida tasdiqlashga yo’naltirilgan. 

Ushbu maqsadda ko’plab dasturlar ishlab chiqilmoqda, bunga esa mahsulot sifatini oshirib erishish mumkin. Hozirgi vaqtda kombinat 18 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarib, ular mamlakat ichkarisida, hamda uning tashqarisida sotilmoqda. Bunda eksport ulushi umumiy ishlab chiqarish hajmining 70% oshig’ini tashkil etadi.

Kooperasiya yo’nalishidagi hamkorliklar

O’zbekiston Respublikasi korxonalariaro kooperasion hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili bo’lib 2015-2019 yillarga mo’ljallangan tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallarni ishlab chiqarish bo’yicha mahalliylashtirish Dasturining ishlab chiqilishi va tadbiq etilishi, shuningdek 2015-2019 yillarga mo’ljallangan ishlab chiqarishni tarkibiy takomillashtirish, modernizasiya va diversifikasiya qilinishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar Dasturlari xizmat qildi.

Innovasion faoliyat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi № PQ- 916 sonli "Inovasion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni yo’lga quyish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori asosida a'nanaviy ko’rinish olgan Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika ko’rgazmasi tadqiqotlar natijalarini hayotga tadbiq etish, fan va sanoatning uzviy aloqalarini yo’lga qo’yishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.  

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech