http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tashqi-iqtisodiy munosabatlar

O’zbekiston metallurgiya sanoatining yetakchi korxonalaridan biri va MDH mamlakatlarining yirik kon-metallurgiya korxonasi hisoblanadigan "Olmaliq KMK" AJ tashqi iqtisodiy faoliyati dunyo bozorida sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va ishonchli biznes-hamkor sifatida tasdiqlashga yo’naltirilgan. 

Ushbu maqsadda ko’plab dasturlar ishlab chiqilmoqda, bunga esa mahsulot sifatini oshirib erishish mumkin. Hozirgi vaqtda kombinat 18 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarib, ular mamlakat ichkarisida, hamda uning tashqarisida sotilmoqda. Bunda eksport ulushi umumiy ishlab chiqarish hajmining 70% oshig’ini tashkil etadi.

Dunyo bozorida sotiladigan mis katodi kabi asosiy yuqori likvidli mahsulot bilan birga, kombinat oltin, kumush, rux metalli, mis kuporosi, oltingugurt kislotasi, kadmiy, tellur, selen, ammoniy perrenati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Dunyoning turli  mamlakatlaridan yetkazib beriladigan mis va rux konsentratlarini qayta ishlash xizmatlarini amalga oshiradi.

Mis katodi sifati London Metallar Birjasining "A" rusumiga, rux metallining sifati LME High Grade rusumiga mos keladi. "Olmaliq KMK" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan oltin va kumush ko’p yillar davomida London qimmatbaho Metallar Uyushmasining "Yaxshi yetkazib beruvchi" maqomiga ega. Kombinatning eksport mahsulotlari yetkazib berish geografiyasi juda keng: Rossiya, Ukraina, Germaniya, Fransiya, Gretsiya, Niderlandiya, Italiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Xitoy, BAA, Misr, Qatar va boshqalar. Mintaqada yirik mis ishlab chiqaruvchi hisoblangan "Olmaliq KMK" AJ Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik munosabatlarida bo’lib, tashqi iqtisodiy aloqalarning faol ishtirokchisi sifatida namoyon bo’lib kelmoqda.

O’zining tashqi iqtisodiy faoliyatida kombinat chet el sarmoyalarini jalb etib, o’zining faol investision siyosatini olib bormoqda. Yevropaning "ABN AMRO" banki kredit bitimi bo’yicha agent sifatida chiqdi. Mazkur kredit O’zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarisiz birinchi toifadagi xalqaro banklar sindikati tomonidan  to’g’ridan-to’g’ri "Olmaliq KMK" AJ berildi va bu mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo’lgan g’ayritabiiy hodisa bo’ldi.

Mis katodlarining savdo rusumini London Metallar Birjasida qayd ettirish maqsadida, kombinatda 2005 yilning avgust oyida mis katodlarini avtomatik tarzda paketlash liniyasi montajlanib, ishga tushirildi. 2005 yil davomida korxonada ISO 9001:2008 Xalqaro standart bo’yicha Sifat menedjmenti tizimini joriy etish ishlari olib borildi.

Hozirgi vaqtda kombinat tomonidan ikki yirik zavod: Angren mis quvurlari zavodi va Jizzax sement zavodi ishga tushirildi. Mazkur ob'ektlar yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha investision loyihalarning bir qismi hisoblanadi. Xususan, "Angren quvur zavodi" Unitar korxonasi yiliga turli diametrdagi 8000 tonna mis quvurlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan "Angren" erkin industrial zonada tashkil etildi. Korxona eksportga 95% mahsulot sotishni rejalashtirmoqda.

Jizzax viloyatida yangi Sement zavodi portlandsement va oq portlandsement ishlab chiqarishni tashkil etish ishlarida Turkiyaning "DAl Teknik Makina Ticaret ve Sanayi A S" kompaniyasi  bosh pudratchi sifatida chiqmoqda. Yangi zavodning  quvvati yiliga 760 ming tonna portlandsement yoki 350 ming tonna oq portlandsement tashkil etadi. Sement zavodini ishga tushirish kombinat ehtiyojlarini to’liq qoplash va eksportga va ichki bozorga 200 ming tonna mahsulot jo’natish imkonini beradi.

Bundan tashqari, turli mamlakatlarda o’tkaziladigan yuqori darajadagi xalqaro anjumanlar, forumlar va uchrashuvlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi, har yili dunyoning rangli metallurgiya ishtirokchilari uchun o’tkaziladigan yilning yirik tadbirlaridan biri bo’lgan London Metallar Birjasining ishida ishtirok etadi, va bu bilan korxonamiz obro’si va mashhurligini xalqaro arenaga ko’taradi.

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech