http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

"Metallurg" madaniyat saroyi

"Metallurg" madaniyat saroyining ish faoliyati milliy fikrlash va mafkurani kengaytiriish va takomillashtirish, istiqlol ruhini shakllantirish, sog’lom avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, madaniy dam olish, ish va o’qishdan bo’sh vaqtni foydali o’tkazishni tashkillashtirishga yo’naltirilgan.

"Metallurg" MSda vokal, xoreografiya, tasviriy san'at, sirk san'ati yo’nalishlari bo’yicha  26ta badiiy havaskorlik to’garaklari faoliyat yuritmoqda, shundan: 16ta kattalar va 10ta bolalar uchun to’garaklar bo’lib, 590 nafar bolalar shug’ullanadilar.

OKMK sport kompleksi

OKMK sport kompleksi zamonaviy standartlar asosida barpo etilgan.

Stadionda jami 8ta sektor mavjud. Shuningdek, SIP va VIP sektorlar eng martabali mehmonlarni qabul qilishga shay holatda. OKMK sport majmuasida nogironlarning stadionga kirib-chiqishi ham inobatga olinib, ular uchun eng qulay nuqtadan 40 ta maxsus joy ajratilgan.

Majmua o’rtasida joylashgan stadion o’z bag’riga 12 mingga yaqin muxlisni sig’dira oladi. Maydon o’lchami 105x68 metr. Maydon respublikamizda yagona bo’lib, uning 35 % sun'iy qoplamadan va qolgan qismi tabiiy maysadan iboratdir.

OKMK bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari

2015 yil yozgi sog’lomlashtirish mavsumida bolalarning dam olishini tashkil etish va sog’lomlashtirish maqsadida "Olmaliq KMK" AJga qarashli 4 ta oromgoh faoliyat yuritdi:

  • "Tong" BSO        - Toshkent siloyati Piskent tumanida;
  • "Metallurg" BSO  - Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida;
  • "Parvoz" BSO     - Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida;
  • "Istiqlol" BSO     - Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan.

OKMK sanatariy-profilaktoriysi

"Olmalq KMK" AJ sanatoriy-profilaktoriysi 1970 yilda ochilgan va 250 o’ringa (kattalar, shuningdek bolalar ham) mo’ljallangan. Sanatoriy-profilaktoriy Toshkent viloyati Olmaliq shahrining markazida joylashgan. Umumiy maydoni yaqin 5 gektarni tashkil etadi, xududi manzarali va mevali daraxtlar, gullar va tokzorlar bilan ko’kalamzorlashtrilgan. Sanatoriy-profilaktoriy uchta binodan iborat bo’lib, binolar biridan ikkinchisiga o’tish uchun  yagona arxitektura ansambli bilan birlashtirilgan. Dam oluvchilarga 2 o’rinli xonalar beriladi, qo’shimcha sharoitli xonalarda televizor va muzlatgichlar mavjud. To’rt martalik ovqatlantirish tashkil etilgan, parxez taomlar  tayyorlanadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech