Portlandsement
Umumqurilish portlandsementi
GOST-31108-2003, GOST 30515-97
Markasi: SEM II/A-I 32,5 N
SEM I 32,5 N
SEM II/A-З 32,5 N
Ishlab chiqarish jarayoni:
- ohaktosh va soz tuproq qazib olish;
- ohaktosh va tuproqni premiks hosil qilish uchun yanchish;
- xom-ashyo uni olish uchun premiksni maydalash;
- xom-ashyo unini kuydirish orqali klinker hosil qilish;
- gips va mineral qo’shimchalar qo’shib klinkerni maydalash va sement hosil qilish;
- iste'molchilarga sementni qadoqlangan va qadoqlanmagan holatda jo’natish.
Qo’llanilishi
Umumqurilish portlandsementi temirbeton ishlarida, ko’piksimon beton ishlab chiqarishda, beton ishlarida, umumqurilish ishlarida, trotuar va yo’l plitalari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shakli va qadoqlanishi:
Umumqurilish portlandsementi polietilen to’shamali polipropilen qoplarda, ko’p qavatli qog’oz qoplarda 50 kg holatda yoki temir yo’l vagonlari, maxsus yuk mashinalari orqali iste'molchilarga etkazib beriladi.
Umumqurilish sementining SEM II/A-I 32,5 N; SEM I 32,5 N; SEM I 42,5 N; SEM II/A-Z 32,5 N markalari GOST-31108, GOST 30515 talablari bo’yicha ishlab chiqariladi.
Umumqurilish portlandsementi quyidagi talablarga javob beradi:
Sementning pishiqlik tasnifi |
Siqilgandagi pishiqlik MPa, o’sib borishi bo’yicha, sutka |
Qotishning boshlanishi, min, oldin emas |
Hajm o’zgarishining bir tekisligi (kengayish), mm, ko’p emas |
|||
2 |
7 |
28 |
||||
Kam emas |
Ko’p emas |
|||||
32,5 N |
|
16,0 |
32,5 |
52,5 |
75 |
10,0 |
42,5 N |
10,0 |
|
42,5 |
62,5 |
60 |
Oq portlandsementi
Standart: O’z DSt 761-96
Markasi: OPS I 1-500/42.5
OPS 1-400/32.5
Ishlab chiqarish jarayoni:
- ohaktosh qazib chiqarish;
- ohaktosh va kaolinni premiks tayyorlash uchun yanchish;
- xom-ashyo uni olish uchun premiksni maydalash;
- xom-ashyo unini kuydirish orqali klinker olish;
- gips va mineral qo’shimchalar qo’shib klinkerni maydalash va sement hosil qilish;
- iste'molchilarga sementni qadoqlangan holatda jo’natish.
Qo’llanilishi:
Quruq qurilish aralashmalari va beton mahsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladi.
Shakli va qadoqlanishi:
Oq portlandsement polietilen to’shamali polipropilen qoplarga yoki ko’p qavatli qog’oz qoplarga 50 kg holatda qadoqlanadi.
Oq portlandsementning PSB I 1-500/42,5 va PSB I 1-400/32,5 markalari O'z DSt 761 talablari bo’yicha ishlab chiqariladi.
Oq portlandsement pishiqligi quyidagi talablarga javob beradi:
Markasi, sementning pishiqlik tasnifi |
Siqilgandagi pishiqlik MPa, o’sib borishi bo’yicha, sutka |
|||
2 |
7 |
28 |
||
Kam emas |
Ko’p emas |
|||
OPS I 1-500/42,5 |
14,0 |
|
49,0 |
68,0 |
OPS I 1-400/32,5 |
|
22,0 |
39,2 |
58,0 |
Bog'lanish uchun ma'sul shaxs: Ro'ziqulov Abdulla Zayniddinovich
Telefon: (+998 93) 182-03-77