Sulfat kislotasi
GOST 2184
Markasi: "Tozalangan"
"Texnik"
Ishlab chiqarish jarayoni:
- metallurgik agregatlarning tarkibida sulfat saqlovchi texnologik oqova gazlarini yuvish;
- texnologik oqova gazlarni quritish;
- sulfat (IV) oksidli gazlarni, sulfat (VI) oksidli gazlarga o’tkazish uchun kontakt usulidan foydalanish (SO2 в SO3);
- sulfat (VI) oksidli gazlarni sulfat kislotasi olish uchun absorbsiya jarayoniga uchratish (SO3 в H2SO4);
- tayyor kislotani maxsus sisternalarga quyish va iste'molchilarga jo’natish.
Qo’llanilishi:
Rudalarni qayta ishlashda, asosan kamyob elementlar qazib olishda, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda, qo’rg’oshin akkumlyatorlarida elektrolit sifatida, turli xil mineral kislotalar va tuzlar olishda, kimyoviy tolalar, bo’yovchi moddalar, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, neft sanoatida, metalni qayta ishlashda, tekstil va oziq-ovqat sanoatida esa E513 oziq-ovqatga qo'shimcha sifatida foydalaniladi hamda organik sintezda ishlatiladi.
Shakli va qadoqlanishi:
Sulfat kislotasi tashqi ko’rinishidan rangsiz, moysimon suyuqlik bo’lib, 20 ºC dagi zichligi 1,8305 g/m³.
Sulfat kislotasi maxsus temir yo’l sisternalarida yoki quvurlar majmuasi orqali tashiladi.
Sulfat kislotasini iste'molchilarga jo’natishda 10 tagacha sisterna yoki konteynerlar, yaxshilangan kislota yoki oleum uchun bittadan ko’p bo’lmagan sisterna yoki konteyner bitta to’p hisoblanadi. Tayyor mahsulotni boshqalarga jo’natishda to’p - 20 tonnadan oshmasligi kerak.
Texnik sulfat kislotasining yaxshilangan va texnik markalari (1 nav va 2 nav) GOST 2184 bo’yicha ishlab chiqariladi.
Ko’rsatgich nomlanishi |
Belgilangan norma |
||
Yaxshilangan |
Texnik |
||
1 nav |
2 nav |
||
Monogidrat massa ulushi, % |
92,5-94,0 |
Kam emas 92,5 |
|
Temirning massa ulushi (Fe), % ko’p emas |
0,006 |
0,02 |
0,11 |
Qizdirilgandan keyin qolgan qoldiq massasi, % ko’p emas |
0,02 |
0,05 |
Belgilanmaydi |
Azot oksidlari massa ulushi (N2O3), % ko’p emas |
0,00005 |
Belgilanmaydi |
|
Mishyak massa ulushi (As), % ko’p emas |
0,00008 |
Belgilanmaydi |
|
Qo’rg’oshin massa ulushi (Pb), % ko’p emas |
0,001 |
Belgilanmaydi |
|
Xlor birikmalari massa ulushi (Cl), % ko’p emas |
0,0001 |
Belgilanmaydi |
|
Eritmaning solishtirish uchun rangi см3, ko’p emas |
1 |
6 |
|
Shaffoflik |
Suyultirilmasdan shaffof |
Belgilanmaydi |