http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Jizzax sement zavodi

"Olmaliq KMK" AJ oq va umumiy qurilish  portlandsementi ishlab chiqaruvchi Sement zavodi 2014 yilda Jizzax viloyatida tashkil etilgan.

OPS I-1 500/42,5 oq portlandsement bo’yicha zavodning loyihaviy quvvati yiliga 350 000 tonna, SEM I 32.5 N umumiy qurilish  portlandsementi - yiliga 760 000 tonnani tashkil etadi.

Ichki bozorga sotishga mo’ljallangan:

  • oq portlandsement - 3%,  umumiy qurilish  portlandsementi - 86%.

Eksportga sotish mo’ljallangan:

  • oq portlandsement - 97%,  umumiy qurilish  portlandsementi - 14%.

Chiqarilayotgan sement O'z DSt 761-96, GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me'yoriy hujjatlarga mos keladi. 

Maqsad:

  • eksport hajmlarini pasaytirmasdan O’zbekistonda sementga o’sib borayotgan ehtiyojini qoniqtirish; 
  • portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
  • sementning yangi turini chiqarilishini o’zlashtirish;
  • valuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish;
  • eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo’shimcha valuta mablag’larining kelib tushishini ta'minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish.

Qo’llanilish sohasi:

Portlandsement va uning turlari - zamonaviy qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan biri. Portlandsement  klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar qo’shish orqali olinadigan gidravlik  biriktiruvchi modda portlandsement deb ataladi.

Umumiy qurilish  portlandsementi asosan  temirbeton ishlari uchun qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joiz-ki, portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l plitalarini terishda keng foydalaniladi.

Oq sement toza ko’rinishda qo’llanilishga tayyor bo’lgan yakuniy mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo  komponenti bo’lib, quyidagi sohalarda qo’llaniladi:

Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda:

  • ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik aralashmasi;
  • rangli terish uchun mo’ljallangan qorishma;
  • pol uchun o’z-o’zidan tekislanadigan qorishmalar;
  • qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab tekislaydigan qorishma).

Beton mahsuloltlarini ishlab chiqarishda:

  • sun'iy qoplash toshlari va g’ishtlari;
  • terrazitli pol va qoplash plitalari;
  • yo’lakchalar plitalar va bordyurlar;
  • kichik arxitektura shaklidagi buyumlar.

Zavodning afzalliklari:

Loyiha stretegiyasini ishlab chiqishda, korxonalarga o’z oldilariga qo’yilgan maqsadlarni, loyihalarni amalga oshirishda, investision kapitalga maqbul daromadlar olish uchun muvaffaqiyatlarga erishish uni amalga oshirish imkoniyatlarini beradigan turli omillar majmuini tashkil etuvchi ma'lum sharoitlar bilan tavsiflanadigan imkoniyatlarni hisobga olish zarur.

Mazkur zavodni tashkil etish strategiyasi - qurilish materiallari sanoat korxonalarini modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ularni ishlab chiqarishni sifatli, raqobatbardosh va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta'minlaydigan zamonaviy progressiv jihozlar bilan jihozlash borasidagi bosh maqsadga javob beradi.

Mavjud ohaktosh va sariq tuproqli konlardan, shuningdek ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham sementga bo’lgan mavjud barqaror ehtiyoj foydalanish samaradorligini oshirish zavodni tashkil etish uchun dastlabki shart-sharoitlar bo’ldi.

Sement zavodi quyidagi afzalliklarga ega:

  • mos keladigan xom ashyo materiallarining isbotlangan zahiralari (ohkatosh va sariq tuproq konlari);
  • xom ashyo yetkazmalarining foydali logistikasi;
  • zamonaviy jihozlarni joriy etish hisobiga barqaror yuqori sifat O’zbekistonda oq portlandsementga bozordagi monopoliya; 
  • Oq sement, shuningdek umumiy qurilish sementi ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobiga bozor kon'yukturasida javob berish bo’yicha keng imkoniyatlar.

 

Texnologiya va jihozlar:

Sement zavodida texnologik jarayoni yuqori darajada avtomatlashtirilgan dunyo ishlab chiqaruvchilaridan zamonaviy jihozlar o’rnatilgan.

Sement ishlab chiqarishning quruq usuli zamonaviy texnologiya hisoblanadi va u avalgisiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Masalan, elektr energiyasi iste'molini 2 baravarga, yoqilg’i iste'molini deyarli 1,5 baravarga qisqartirish. Ushbu texnologiya hozirgi vaqtda portlandsement ishlab chiqarish uchun eng samarali usul hisoblanadi.

Sement zavodining noyobligi shunda-ki, oq va umumiy qurilish portlandsementi yiliga 760 ming tonna quvvatga ega bo’lgan bir texnologik liniyada, yoki yiliga 350 ming tonna  oq sement ishlab chiqarilishi mumkin.

Ishlab chiqarish majmui uchta karerli konchilik sexidan va sement ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish-texnologik liniyalardan iborat.

Xom ashyo, mahsulotlar, yoqilg’i, suv sifatini nazorat qilish monitoringi va nazorati uchun barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan laboratoriya mavjud. Laboratoriyada sinovlar o’tkaziladi, EN 197ga binoan jarayon va yakuniy mahsulot nazorati tashkil etilgan.

Sifat nazorati:

Sementi ishlab chiqarish jarayonida quyidagilar nazorat va sinovlar o’tkaziladi: 

  • barcha turlar va tasniflarning siqishga bo’lgan pishiqligi;
  • bug’lantirilgandagi samaradorlik ko’rsatkichlari;
  • qotishning boshlanish va tugash vaqti;
  • maydalanishining yupqaligi va solishtirma yuzasi;
  • yolg’on qotish alomatlari;
  • tabiiy radionuklidlar Aeef faolligining solishtirma samaradorligi;
  • absolyut shkala foizlarida oqlik darajasi (oq portlandsement uchun). 

Nazorat va sinov zavod laboratoriyasida namunalar tanlash uslubi bo’yicha bajariladi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta'minlash maqsadida, zavod ISO 9001 tizimi bo’yicha keyinchalik sifat olish uchun zarur bo’ladigan kimyoviy tahlil va fizika-mexanikaviy sinovlar o’tkazilishini ta'minlab beruvchi Shveysariyaning "Termo Fisher", Germaniyaning "Inolab", Turkiyaning "Atom teknik" yetakchi kompaniyalarining jihozlari bilan jihozlangan. 

Zavodning tahliliy laboratoriyasi O’zbekiston Respublikasi "O’zstandart" Agentligi tomonidan attestasiyadan o’tkazilgan.

 

Aloqalar: 

Roziqulov Abdulla Zayniddinovich

Telefon: (+998 93) 182-03-77 

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • h2so4150
  • kuporos150
  • proguzb
  • selen150-2
  • vp_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech