http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sement ishlab chiqarish

Sherobod sement zavodi

“Olmaliq KMK” AJ   umumiy qurilish portlandsementi ishlab chiqaruvchi sement zavodi 2018-yil Surxondaryo viloyatida tashkil etildi.

TSEM I 32,5 N markadagi umumiy qurilish portlandtsementi yiliga 1 500 000 tonnani tashkil etadi.

100 % ichki bozorga sotishga mo’ljallangan.

Chiqarilgan sement   GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me’yoriy hujjatlarga mos keladi.

Maqsad:

  • Portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
  • Sementning yangi turini ishlab chiqarilishini o’zlashtirish;
  • Valyuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish;
  • Kelgusida eksport salohiyatini kengaytirilishini va qo’shimcha valyuta mablag’larining kelib tushishini ta’minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish.
  • Surxondaryo viloyati chekka qishloq va mahalla aholisini ish bilan ta’minlash.

Portlandsement va uning turlari – zamonaviy qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan biri. Portlandsement klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar qo’shish orqali olinadigan gidravlik bog’lovchi modda portlandsement deb ataladi. Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joizki, portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l plitalarini terishda keng foydalaniladi.

Zavodning afzalliklari:

Loyiha strategiyasini ishlab chiqishda, korxonalarga o’z oldilariga qo’yilgan maqsadlarni, loyihalarni amalga oshirishda, investitsion kapitalga maqbul daromadlar olish uchun muvaffaqiyatlarga erishish uni amalga oshirish imkoniyatlarini beradigan turli omillar majmuini tashkil etuvchi ma’lum sharoitlar bilan tavsiflanadigan imkoniyatlarni hisobga olish zarur. Mazkur zavodni tashkil etish strategiyasi – qurilish materiallari sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ularni ishlab chiqarishni sifatli, raqobatbardosh va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan zamonaviy progressiv jihozlar bilan jihozlash borasidagi bosh maqsadga javob beradi.

Mavjud ohaktosh va glina konlardan, shuningdek ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham sementga bo’lgan mavjud barqaror ehtiyoj foydalanish samaradorligini oshirish zavodni tashkil etish uchun dastlabki shart-sharoitlar bo’ldi. Atmosferaga chiqayotgan issiqlik va gazlardan foydalanib, sutkasiga 8 MVt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyasi mavjud.

Sement zavodi quydagi afzalliklarga ega:

  • Mos keladigan xom ashyo materiallarining isbotlangan zahiralari (ohaktosh, glina, gips konlari);
  • Xom ashyo yetkazmalarining foydali logistikasi;
  • Umumiy qurilish sementi ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobiga bozor konyunkturasida javob berish bo’yicha keng imkoniyatlar.

Texnologiya va jihozlar:

Sement zavodida texnologik jarayonni yuqori darajada avtomatlashtirish uchun dunyo ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy jihozlari o’rnatilgan.

Sement ishlab chiqarishning quruq usuli zamonaviy texnologiya hisoblanadi va u avvalgisiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Masalan, yoqilg’i iste’molini deyarli 1,5 baravarga qisqartirish. Ushbu texnologiya hozirgi vaqtda portlandsement ishlab chiqarish uchun eng samarali usul hisoblanadi.

Ishlab chiqarish majmui 3 ta karerli konchilik sexidan va sement ishlab chiqarish texnologik liniyalaridan iborat.

Xom ashyo, mahsulotlar, yoqilg’i, suv sifatini nazorat qilish monitoringi va nazorati uchun barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriya mavjud. Laboratoriyada sinovlar o’tkaziladi,  EN 197 ga binoan jarayon va yakuniy mahsulot nazorati tashkil etilgan.

Sifat nazorati:

Sement ishlab chiqarishda quydagi nazorat va sinovlar o’tkaziladi:

  • Barcha turlar va tasniflarning siqishga bo’lgan pishiqligi;
  • Bug’lantirilgandagi samaradorlik ko’rsatkichlari;
  • Qotishning boshlanish va tugash vaqti;
  • Maydalanishining yupqaligi va solishtirma yuzasi;
  • Yolg’on qotish alomatlari;
  • Tabiiy radionuklidlar Aeef faolligining solishtirma samaradorligi;

Nazorat va sinov zavod laboratoriyasida namunalar tanlash uslubi bo’yicha bajariladi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash maqsadida,   zavod   ISO 9001 tizimi bo’yicha keyinchalik sifat olish uchun zarur bo’ladigan kimyoviy tahlil va fizika-mexanikaviy sinovlar o’tkazilishini ta’minlab beruvchi Shveysariyaning “Termo Fisher”, Germaniyaning “Inolab”, Turkiyaning “Atom texnik’’ yetakchi kompaniyalarining jihozlari bilan jihozlangan.

Zavodning tahliliy laboratoriyasi O’zbekiston Respublikasi “O’zstandart” Agentligi tomonidan attestatsiyadan o’tkazilgan.

Direktor v.b. : Murodov Eshmat Yaxshiboyevich

Telefon:  (+998 71) 141-90-09 

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech