http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tanlovlar va tenderlar

Normativ hujjat ishlab chiqish uchun tanlov

on . Posted in Tanlovlar/tenderlar

  1. “Olmaliq KMK” AJ Chodak kon boshqarmasi ob’ektlari uchun atmosferaga tashlalamalar cheklovchi normativ hujjat (ПДВ) ishlab chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish (Namangan viloyati Pop tumani).

Ob’ektlar:

  • konlar;
  • kar’er;
  • oltin saralash fabrikasi;
  • avtobaza;
  • yordamchi xo’jaliklar;

Mavjud normativ hujjatga asosan atmosferaga tashlamalar manbasi 62 ta bo’lib, undan 38 ta manba tashkillashtirilgan. 

  1. “Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodi ob’ektlari uchun atmosfera, relefga tashlalamalar cheklovchi normativ hujjat (ПДВ) ishlab chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish (Jizzax viloyati Zafarobod tumani).

Ob’ektlar:

  • ohaktosh, gips, maxsus turpoq kar’erlari;
  • zavod;
  • avto kalonna;
  • yordamchi xo’jaliklar;

Mavjud me’yoriy hujjatga (ЗЭП) asosan atmosferaga tashlamalar manbasi 71 ta bo’lib, undan 62 ta manba tashkillashtirilgan, 14 ta kar’erda hosil bo’luvchi manba. 

  1. “Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodi ob’ektlari uchun chiqindi tashlalamalar cheklovchi normativ hujjat (PDO) ishlab chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish (Jizzax viloyati Zafarobod tumani).

Ob’ektlar:

  • ohaktosh, gips, maxsus turpoq kar’erlari;
  • zavod;
  • avto kalonna;
  • yordamchi xo’jaliklar;

Mavjud me’yoriy hujjatga (ZEP) asosan 25 turdagi chiqindi turlari qayd etilgan.

Ta’lab etiluvchi qo’shimcha ma’lumotlar: 

- smeta (hisob-kitob) harajatlari va bajariladigan ish muddati bilan;

 - yuridik shaxsning ro’yxatdan o’tganlik guvohnomasi nusxasi;

- nizomning nusxasi (Положения);

- muqaddam uch yil mobaynida xizmat ko’rsatilgan ob’ektlar ro’yxati.

Takliflar muxirlangan konvertlarda  Toshkent viloyati Olmaliq shahari, Amir Temur ko’chasi, 53 uy OKMK Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’limiga jo’natilsin.

Takliflar 2019 yilning 16 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Aloqa uchun shaxs: Li Svetlana Vladimirovna - Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’limi boshlig’i o’rinbosari

Telefon +998 70 61 9-25-07

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech