A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Aprel oyining birinchi yakshanbasi - O’zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni

on .

Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 26 dekabrda imzolangan “O’zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to’g’risida”gi qonuniga asosan har yili aprel oyining birinchi yakshanbasi geologlar kuni etib belgilangan va ushbu tarixiy sana yurtimiz Geologlari uchun sharafli va unutilmas kun sifatida alohida e’tirof etiladi.

Shu munosabat bilan ushbu sohaning fidoyi va izlanuvchan mutaxassislarini, barcha geologlarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etaman.

Shukronaga yo’l ochgan Navro’z!

on .

Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, ishlab chiqarish faxriylari, aziz olmaliqliklar!

Shu tarovatli kunlarda tabiat uyg’onib, go’zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog’inib kutgan Navro’zi olam kirib kelmoqda.

Mamlakatimiz kelajagi muhtaram ayollar qo’lida!

on .

Munis ayollar! Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qadrli mehnatkash xotin-qizlari!

Fasllar malikasi bahor kirib kelishi bilan sizning bayramingiz - biz uchun eng qadrli va sevimli bo’lgan insonlar - onajonlarimiz, buvijonlarimiz, opa-singil va qizlarimizning bayramini nishonlaymiz, erkaklar bilan bir safda yelkama-elka turgan holda tog’-konchilik va qayta ishlovchi yirik ishlab chiqarishning yakuniy natijasi yo’lida matonat ko’rsatib kelayotgan hamkasabalarimizni sharaflaymiz. Va shu sababli ham mamnuniyat bilan kombinatning barcha mehnatkashlari nomidan sizlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman!

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech