• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2021 yil 9 oy yakunlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnomasi

05 Oktyabr 2021, 14:29 1824

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2021 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo’yicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –116,8 foizga

2020 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o’sish sur’ati 101,4% ni tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,7 %, shu jumladan 100,5 % o’z xom ashyosidan, metalli rux 91,1 %, shu jumladan 102,1 % o’z xom ashyosidan, sulfat kislotasi 103,7 %, 100,9 % affinajli oltin va 100,3 % affinajli kumush, 90,0 % portlandsementni tashkil etdi.

2021 yil yanvar-sentyabr yakuni bo’yicha 834,0 mln.doll. (137,8 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi PQ-4563 sonli “O’zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo’ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq 2021 yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 5 039,6 mln. dollarlik investitsiya o’zlashtirilishni  mo’ljallagan, shu jumladan o’zlashtirish prognozi:

korxonaning o’z mablag’lari hisobidan – 1 724,0 mln.doll.;

tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’laridan– 336,4 mln.doll.;

tijorat banklarining kreditlaridan – 62,7 mln. doll;

to’g’ridan-to’g’ri xorijiy kreditlardan – 2 916,5 mln. doll.

2021 yil yanvar-sentyabr yakuni bo’yicha 273,5 mln. dollar (101,3 %) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning o’z mablag’lari hisobidan – 207,2 mln. doll.;

tijorat banklarining kreditlaridan – 0,2 mln. doll.;

to’g’ridan to’g’ri xorijiy kreditlar hisobidan – 66,1 mln. doll. o’zlashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2021 yilda 161,4 mlrd. so’mlik 87 ta loyihani amalga oshirishi ko’zda tutilgan.

2021 yil yanvar-sentyabr yakuni bo’yicha 76 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko’rsatkichi 148,7 mlrd. so’mni yoki prognozga nisbatan 132,9 foizni tashkil etdi.

2021 yilga mo’ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo’yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo’lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 240,9 mlrd. so’mga yoki 1,8 foizga qisqartirish ko’zda tutilgan.

2021 yil yanvar-sentyabr yakuni bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 520,6 mlrd. so’mni yoki 5,4 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 337,3 mlrd. so’m yoki 3,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to’lovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2021 yil 1 oktyabr xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 2163,5 mlrd. so’mni, shu jumladan muddati o’tgan qarzlari 166,4 mlrd. so’mni, kreditorlik qarzlari 2855,4 mlrd. so’mni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.        

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 3885 nafar, shu jumladan, ishlab  chiqarishdan tashqari xolda 448 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o’zlashtirish bo’yicha 1 778 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha 1322 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 144 nafar kishi o’qitildi.

“Olmaliq KMK” AJ O’zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o’quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 357 tani tashkil etmoqda, bundan 54 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 303 ta talaba sirtqi va kechki bo’limlarida ta’lim olmoqda.

Bugungi kunda mavjud bo’lgan "onlayn amaliyot" Telegramm kanalida kombinat faoliyati haqida 9 ta fotosurat, 38 ta video, 36 ta fayl, 5 ta audio fayl, 14 ta foydali ma’lumotlarga havola amaliyotchilarga taqdim etildi. Undan tashqari video konferensiya aloqa orqali “Qolmaqir” KB, “Markaziy tahlil laboratoriyasi”, “Elektr tarmoqlari boshqarmasi”, “Angren kon boshqarmasi” faoliyati to’g’risida suhbat o’tkazildi. Bu yo’nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Hisobot davrida jami 1086  nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 646 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 239 nafar va ma’lumotsiz 201 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o’rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021 yil yanvar-sentyabr yakuni bo’yicha jami 653 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 105 ta – (7 ta Farmon, 22 ta qaror, 3 ta farmoyish, 16 ta bayon, 57 ta topshiriq);

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 548 ta (52 ta qaror, 13 ta farmoyish, 73 ta bayon, Bosh vazir, uning o’rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 245 ta, kotibiyat topshiriqlari – 165 ta).

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojatlarni sinchiklab ko’rib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmalik KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Bo’limda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

Hisobot davriga 3103 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 1681 tasiga yozma, 1066 tasi virtual qabulxona orqali kelgan murojaatlar, 301 tasi og’zaki, 55 tasi elektron pochta orqali kelib tushgan murojaatlar. Murojaatlarning 280 tasi qanoatlantirildi, 2360 tasiga tushuntirish berildi, 16 tasi rad etildi, 224 tasi o’rganish jarayonida, 33 tasi tegishliligi bo’yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi.

Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta’minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.

 

YUKLAB OLISH (format - PDF, hajmi - 253Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech