• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ilm-fan bo'yicha bosh muhandis o'rinbosari bo'limlari va xizmatlari

ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR BOʻLIMI

Boʻlim boshligʻi: vakant

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari: 

  • Kombinatning tarkibiy boʻlinmalarining ilmiy-texnik mahsulotlarga boʻlgan ehtiyoji oʻrganiladi va ularning ichidan potensial buyurtmachilarni aniqlaydi;
  • Kombinatning innavatsion faoliyati yuzasidan ilmiy amaliy anjumanlar, davra suxbatlari, seminarlar va konferensiyalar tashkil etadi va oʻtkazadi;
  • Ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini izlash va ishlab chiqarishga oʻz vaqtida joriy etish, yangi ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish hisobiga ishlab chiqarish xajmining oshishini ta’minlash va kombinat korxonalarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash;
  • Ilmiy-texnik yutuqlarni patentlash va ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarni roʻyxatga olishni ta’minlash boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
  • Kombinatning ishlab chiqarish korxonalarining muammolari roʻyxatini shakllantiradi va hal qilish uchun mahalliy va xorij ilmiy muassasalarini jalb qiladi;
  • Innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishda, shu jumladan har yili oʻtkaziladigan innovatsion yarmarkalarda mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish shartlarini rasmiylashtirishni ta’minlaydi;
  • Shartnomalarning bajarilishini va keyinchalik ishlab chiqarishga joriy qilinishini nazorat qiladi;
  • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalarning olib borilishini nazorat qiladi, ilmiy texnik axborot masalalari bilan shugʻullanadi;
  • Ilmiy-texnikaviy axborotni tahlil qiladi va ishlab chiqadi, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini oʻrganadi va ishlab chiqarishga joriy qiladi;
  • Konferensiyalar va innovatsion yarmarkalarda kombinatning ilm-fan yoʻnalishidagi yutuqlari va innovatsion loyihalar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazadi;
  • Ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini olib boradi;
  • Innovatorlar va ixtirochilar byurosi (BRiZ) faoliyatini tashkil etadi.
  • Olingan ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflarning hisobini yuritadi va ularni tizimlashtiradi;
  • Tashkiliy-texnik tadbirlar prognozlarini tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, resurslardan oqilona foydalanish, shu jumladan kombinat ishlab chiqarishida moddiy resurslarni tejash ishlarini tashkil etadi;
  • Ishlab chiqarishning texnik darajasi va tashkil etilishini doimiy ravishda oshirish, texnologik jarayonni takomillashtirish, ilmiy-texnikaviy axborot masalalari bilan shugʻullanish maqsadida togʻ-kon va transport korxonalarida, boyitish, metallurgiya va kimyo ishlab chiqarishida ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini tashkil etadi;
  • Kombinat texnik kutubxonasi ishini tashkil qiladi va nazorat qiladi;
  • Yuqori tashkilotlarning hujjatlari, kombinat rahbariyati va bevosita rahbarning buyruqlari, koʻrsatmalari, farmoyishlarini oʻz vaqtida nazorat qiladi va bajarilishini ta’minlaydi;
  • Yuqori tashkilotlarga sifatli va oʻz vaqtida hisobot berilishini ta’minlaydi.
Bo`lishmoq:
Text to speech