• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Boshqaruv raisi birinchi o'rinbosari - Bosh muhandis bo'limlari va xizmatlari

BOSH ENERGETIK XIZMATI

Bosh energetik v.b - xizmat boshlig'i: Ablyayev Uzeir Irfanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Asosiy vazifalari:

  • Kombinat korxonalarini energiyaning barcha turlari bilan uzliksiz va sifatli ta’minlanishini tashkil etish, energojihojlar va energomoslamalarni texnik qo'llanilishini va ularni avariyasiz ishlashini ta’minlovchi rejaviy-ogohlantiruv ta’mirini tashkil etish;
  • Eenergo jihojlardan foydalanish texnik darajasini doimiy ravishda oshirib borish, energiya, yoqilg'i va ikkilamchi energo zahiralardan oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni tashkil etish.
  • Energetik quvvatlarni o'z vaqtida oshirib borish va zamonaviy texnikalarni joriy etish.

 

BOSH MEXANIK XIZMATI

Bosh mexanik-xizmat boshlig'i: Raxmatullin Ruslan Anvarovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Asosiy vazifalari:

  • Sanoat binolari, ishlab chiqarish uskuna-jihozlari, uzatma moslamalarining texnik holati yuzasidan rahbarlikni amalga oshirish, shuningdek, uskuna-jihozlarning  xavfsiz, halokatsiz hamda iqtisodiy samarali ishlashini ta'minlash;
  • Kombinat korxonalarini ehtiyot qismlari va ta'mir materiallari bilan ta'minlash;
  • Ilg'or texnologiyani, himoya qobiqlar va yangi materiallarni taqbiq etish yo'li bilan, jihozlarning mustahkam va uzoq muddat ishlashini oshirish bo'yicha ishlarning tashkil etish, mazkur ishlarni  texnik boshqaruvini tashkillashtirish;
  • Ta’mirlash-mexanika xizmati tarkibigi kiruvchi bo'limlar, uchastkalarning ishlab chiqarish quvvatidan unumli foydalanishini ta’minlash;
  • Mexanizasiyalarni rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlash tizimi asosida jihozlarni ta’mirlash  va texnologiyasi  takomillashtirish,  ilg'or tajriba hamda yangi uzellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqishni joriy etish;
  • Ta’mirlash-foydalanish ehtiyojlariga ajratilgan moddiy resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash.

 

STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH XIZMATI

Sifat boʻyicha bosh menejer-boʻlim boshligʻi: Mavlanov Abdushukur Sultanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Kombinat korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish (mavjud boʻlmagan xollarda), ularni oʻz vaqtida qayta koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash.
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yangi standartlarni va boshqa normativ, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha metodik va rahbariy hujjatlarini oʻz vaqtida amalga kiritish.
  • Kombinat fondida mavjud normativ hujjatlarni oʻz vaqtida aktuallashtirish.
  • Kombinata ishlab chiqarilayotgan sertifikatlashtirish majburiy boʻlgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.
  • Sifat menedjmenti tizimi samaradorligini doimiy oshirish, jarayon va protsedura hujjatlarini ishchi xolatda boʻlishi ta’minlash.
  • Kombinat korxonalarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha tashkiliy-metodik ishlarni olib borish va amaliy yordam koʻrsatish.
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga shtrix kodi olish ishlarini amalga oshirish.

MAHALLIYLASHTIRISH BO’LIMI

Boʻlim boshligʻi v.b.: Xoldaraliev Dilshodbek Abduraximovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Kombinatning tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish va amalga oshirish.
  • Hisobot yili uchun mahalliylashtirish Dasturi loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvalini tuzish va keyinchalik tasdiqlatish.
  • Tarmoq jadvaliga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi bajarilishining oʻz vaqtida va tizimli monitoringini amalga oshirish.
  • Yuqori darajadagi tashkilotlarga zaruriy hisobot hujjatlarini tayyorlash va taqdim etish.
  • Mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganish.
  • Sanoat yarmarkalarida mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimotini oʻtkazish.
  • Kombinatning mavjud yoki yangi quvvatlarida istiqbolli ishlab chiqarish imkoniyatini oʻrganish maqsadida kombinatning boʻlimlari, xizmatlari va boʻlinmalari bilan birgalikda import qilinadigan mahsulotlar tahlilini oʻtkazadi.
  • Import mahsulotlari tahlili asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Kombinat rahbariyati bilan kelishilgan holda kombinatning mahalliylashtirish Dasturiga kiritish uchun tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarga hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va yuboradi.
  • Har yili hisobot yili uchun mahalliylashtirish Dasturini amalga oshirishning tarmoq jadvalini tuzadi. Ishlab chiqilgan tarmoq jadvali kombinat rahbariyati bilan kelishilgandan soʻng, tasdiqlatish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga yuboradi.
  • Mahalliylashtirish Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli masalalarni batafsil oʻrganadi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
  • Mahalliylashtirish Dasturini monitoring qilish natijalari boʻyicha aniqlangan muammoli masalalarni ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini ta’minlaydi, ularni xal etish maqsadida kombinatning bosh mutaxassislari va boʻlim boshliqlari bilan birgalikda yechimini topishadi.
  • Zaruriyat boʻlgan holda, tasdiqlangan Mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish uchun hujjatlar toʻplamini tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarga tayyorlaydi va yuboradi.
  • Yuqori tashkilotlarning hujjatlarini, shuningdek kombinat rahbariyati va bevosita rahbarning buyruqlari, koʻrsatmalari va buyruqlarini oʻz vaqtida nazorat qilish va bajarilishini amalga oshiradi.
  • Mahalliylashtirish Dasturi ijrosi toʻgʻrisidagi axborotni sifatli va oʻz vaqtida yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etilishini ta’minlaydi
  • Mahalliylashtirish Dasturi boʻyicha statistika hisobotlarini har chorakda respublika statistika organlariga taqdim etib boradi.
  • Mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganadi.
  • Sanoat yarmarkalarida Mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimotini oʻtkazadi.
Bo`lishmoq:
Text to speech