• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Chodak oltin saralash fabrikasi

Oltin saralash fabrikasi Chodak kon boshqarmasi tarkibida bo‘lib, u yiliga 180 ming tonna oltin tarkibli rudani qayta ishlash quvvatiga ega. Fabrikada Pirmirob va Guzaksoy konlarining oltin tarkibli rudalari qayta ishlanadi.

Tarixi

Chodak oltin saralash fabrikasi 1970-yilda foydalanishga topshirilgan.

Oltin saralash fabrikasida oxirgi o‘n yil ichida chiqit saqlash omborining 2-, 3- va 4-bosqichda rekonstruksiya qilindi hamda №1 (2010, 2015, 2020) bo‘tana quvurlari yangisiga almashtirildi, zoldirlarni avtomatik uzatish anjomi bilan jihozlangan zoldir ombori va xavfli suyuqliklar saqlash ombori qurildi. OSF hududi perimetri signalizatsiyasi yaratildi (2007), OSFda PMT-70 yangisiga almashtirildi (№ 59-13, 2012), OSF binosining G‘arbiy qismi eskirgan derazalari almashtirildi. OSF bo‘limlarida video nazorat o‘rnatildi, bosh bino atrofidagi hududlar rekonstruksiya qilindi va ko‘kalamzorlashtirildi.

Rudani qayta ishlash va mineral xomashyoni boyitish

Chodak OSFga kvars-karbonat ruda kelib tushadi. Rudadagi asosiy sanoat-qimmatbaho komponentlar oltin va kumushdir. Oltin va kumush, kimyoviy va spektral tahlili yordamida ruda tarkibida quyidagi kimyoviy elementlar: qo‘rg‘oshin, mis, rux, temir, kadmiy, kobalt, volfram, qalay, vismut, mishyak, berilliy, natriy, germaniy, vanadiy, molibden, titan, surmalar aniqlandi. Yuqoridagi barcha elementlar, ularning past tarkibi tufayli, mustaqil sanoat darajasida ahamiyat kasb etmaydi va ular bilan bog‘liq tarkibiy qismlar sifatida foydalanilmaydi.

Direktor: Abdulaxmetov Axmadjon Abdulmajitovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

Bo`lishmoq:
Text to speech