• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

1 yanvardan pensiyani hisoblash tartibi oʻzgaradi

20 Sentyabr 2022, 14:12 805

Prezident tomonidan 19.09.2022 yildagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-791-son Qonun imzolandi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 iyulda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 13 sentyabrda ma’qullangan.

Qonun bilan yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng koʻp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy mikdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.

Qonunda taklif etilayotgan yangi normalar pensionerlarning moddiy farovonligini yanada oshirishga va ijtimoiy adolat prinsiplarini mustahkamlashga хizmat qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1-moddaning 1 va 2-bandlari esa 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.


Bo`lishmoq:
Text to speech