• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Davlat ishtirokidagi ayrim korxonalarning operatsion samaradorligi oshiriladi

02 Mart 2023, 13:33 964

“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–83-son, 01.03.2023 y.) qabul qilindi. Hujjat Uza e’lon qilindi.

Qarorga koʻra, 2023–2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar (31 ta) roʻyxati tasdiqlandi.

Mazkur korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi.

“UzAssets” investitsiya kompaniyasiga, jumladan, quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;

korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;

 boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini ta’minlash;

Qarorga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralarning oʻzlariga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) Strategik islohotlar agentligiga oʻtkaziladi.

2023 yil 1 iyulgacha “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning biznes-rejalari qayta koʻrib chiqiladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech