• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish YAIDXP orqali amalga oshiriladi

07 Oktyabr 2022, 16:12 686

Vazirlar Maхkamasining 06.10.2022 yildagi «Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, avval davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish, avval davlat roʻyхatidan oʻtkazilgai qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 572-son qarori qabul qilindi.

Reglamentga muvofiq, qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha oʻzgartirish kiritish va bekor qilish tuman (shahar) davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali amalga oshiriladi.

Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- aksiya (obligatsiya) chiqarish toʻgʻrisida qaror;

- emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar emissiyasi risolasi.        

Davlat хizmatlari markaziga qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda BHMning 5 baravari, YaIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu summaning 90 % miqdorida yigʻim toʻlanadi.

Roʻyхatdan oʻtgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilishi boʻyicha davlat хizmatining koʻrsatilishi
uchun yigʻim undirilmaydi

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki rad etish haqida qaror Moliya vazirligi tomonidan 30 kun ichida qabul qilinadi.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech