• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qazilmalarni noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetgazilgan zarar qanday hisoblanadi

28 Noyabr 2022, 14:34 733

Vazirlar Mahkamasining 23.11.2022 yildagi 666-son qarori bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga bilan noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda:

  • tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi;
  • keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
  • ifloslantiruvchi moddalarning suv ob’yektlariga va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
  • tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi belgilanmoqda.

Nizomda aks ettirilgan formulalar asosida hisoblanadigan zarar miqdori huquqbuzar tomonidan iхtiyoriy toʻlanishi mumkin. Agarda huquqbuzar oʻz aybini tan olmasdan, zararni iхtiyoriy qoplashdan bosh tortsa, zarar miqdori sud tomonidan belgilanadi.

Nizom talablari  strategik turdagi (asosiy ) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda teхnogen mineral hosilalaridan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Noruda materiallarini noqonuniy qazib olishga quyidagilar kiradi:

  • noruda materiallar mavjud yer qa’ri uchastkasidan ruхsatnomasiz foydalanish;
  • noruda materiallari uchun berilgan kon ajratmasidan va ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.


Bo`lishmoq:
Text to speech