• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg’a olish tartibi belgilandi

13 Mart 2023, 10:25 1220

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami – 3425, 13.03.2023 y.)

Nizomga ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisi Oʻzbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovgʻa olishi mumkin.

Oʻzbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovgʻa olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovgʻa quyidagi talablarga javob berishi kerak:

milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar boʻlishi;

sovgʻa xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan boʻlishi;

sovgʻa ochiq va oshkora qabul qilinishi;

davlat organining obroʻsiga putur yetkazmasligi;

manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovgʻani tadbirdan kelgandan soʻng 3 ish kunida xoʻjalik boʻlimiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovgʻaning qiymati aniq boʻlmasa, xoʻjalik boʻlimi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln soʻmdan) koʻp boʻlmasa, sovgʻa davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovgʻa qiymati BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlsa, u moliya-iqtisod boʻlinmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

Tez yaroqsiz holga keluvchi sovgʻalar (gul, shirinliklar), shuningdek kanselyariya toʻplamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovgʻa sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovgʻalar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.

Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi.

Bo`lishmoq:
Text to speech