• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Xamidova Feruza Rustamovna

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya bo‘yicha o‘rinbosari

Tarjimai holi

1973-yili 20-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ma'lumoti – oliy. 1994-yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini matematika va informatika fakultetini tamomlagan. 2000-yili Toshkent moliya institutini bank ishi fakultetini tamomlagan. 2004-yili O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Loyihalarni moliyalash” kursida o‘qigan.

Mehnat faoliyati

1994-2002 yy. – “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Akmal Ikromov filialida xo‘jalik xizmati bo‘limi operatori, hisobchilik bo‘limi 2-toifali buxgalteri, kredit bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, ijtimoiy rivojlantirish va kreditlash bo‘limi bosh mutaxassisi, xalq xo‘jalik tarmoqlarini kreditlash va moliyalash bo‘limi boshlig'i vazifasini v.b., iqtisodiy tahlil, xalq xo‘jalik tarmoqlarini kreditlash va moliyalash bo‘limi boshlig'i

2002-2017 yy. - O‘zsanoatqurilishbank ATBda Loyihaviy moliyalash boshqarmasi investitsiyaviy loyihalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig'i, tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti Loyiha va savdoni moliyalash boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari hamda boshlig'i, Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti direktori, Bank investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti direktori, Kredit operatsiyalari departamenti direktori.

2017-2018yy. - “O‘zmetkombinat”AJ boshqaruv raisining moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2018-2022 yy. – “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b.

2022 - h.v. – “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va  transformatsiya bo‘yicha o‘rinbosari

Vazifalari:

  • Kombinatning moliya manbalari va mablag‘laridan foydalanish yuzasidan ishlarga funksional vazifalariga muvofiq holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tasarrufdagi korxonalar rahbarlari tomonidan funksional vazifalarining bajarilishini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: markaziy(bosh) hisobxona, kontrakt majburiyatlarini nazorat qilish xizmati, g‘azna va moliya xizmati, ishlab chiqarishni monitoring qilish va harajatlar boshqarmasi, mehnatga haq to’lash va barqarorlashtirish bo’limi, strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘limi
  • Shtatlar, moliya intizomini, kombinat sarf-harajatlari smetasiga rioya qilinishini nazorat qilib boradi;
  • Kombinatning moliyaviy siyosatini belgilaydi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi uning bajarilishini ta’minlaydi;
  • Moliya mablag‘larining holati, harakatlanishi va maqsadli foydalanishi, moliyaviy-xo’jalik faoliyat natijalari, soliq majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni olib boradi;
  • Zaruriyatga qarab kreditlash tashkilotlari bilan kreditlar, zayomlar va boshqani olish bo’yicha hamkorlikni amalga oshiradi;
  • Istiqbolli va joriy moliyaviy rejalar, byudjetlarni tuzish, pul mablag‘larini sarflash ishlariga rahbarlik qiladi, ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qilib boradi;
  • Hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish, xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish bo’yicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladigan, boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo’yicha o’rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan bo’limlar funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi.

Quyidagi hujjatlar, shartnomalar va bitimlarni imzolash huquqiga ega:

  • kredit taqdim qilinishi va jalb etilishiga. Kafolat berilishi va taqdim etilishiga;
  • kafillik berilishi va jalb etilishiga;
  • tijorat banklarida hisob raqamlar ochilishida;
  • lizing shartnomalarida(moliyaviy ijara);
  • barcha turdagi sug‘urta shartomalariga;
  • ta'minot shartnomalariga(garovlarda);
  • banklarda depozitlar shartnomalariga;
  • zayomlar shartnomalariga, shuningdek, kafillik shartnomalariga, zayom ta'minoti uchun tuzilgan shartnomalarga;
  • aksiyalar haridi va sotuvi shartnomalari;
  • rasmiy birja byulletenlariga qimmatbaho qog‘ozlarni qo‘shish bo‘yicha hizmatlarga;
  • Brokerlik uylariga kompleks ximatlar emitent xizmat ko‘rsatish bo‘yicha;
  • markaziy depozitarlar bilan depozitar xizmatlar bo‘yicha;
  • Kombinat moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bevosita bog‘liq boshqa shartnoma va kontrakt turlari, shuningdek chiquvchi hujjatlarga.
  • Kombinat boshqaruv raisining tijorat masalalr bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalar bilan bevosita aloqador chiquvchi korrespondensyalarga;
  • Iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari vaqtincha bo‘lmagan davrda uning vakolatini - Tijorat masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari yoki kombinat boshqaruvi raisining buyrug'i bilan vaqtincha tayinlangan boshqa shaxs amalga oshiradi.
Text to speech