• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Orudjov Uzeir Soleh Ogli

"Olmaliq KMK" AJ bosh muhandisining tog‘-kon ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Tarjimai holi

1960-yilda Armaniston Respublikasida tug‘ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1981-yilda Ozarbayjon neft va ximiya institutini tugatgan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - foydali qazilmalar konlarini yer osti usulida ishlab chiqish texnologiyasi va kompleksli mexanizatsiyasi.

Mehnat faoliyati

1981-1991 y.y. - "O‘zbekoltin" ishlab chiqarish birlashmasi Angren oltin qazib olish koni Ko‘chbuloq shaxtasining 3-uchastkasi yer osti kon ustasi, 1-uchastkasi katta kon ustasi, boshlig‘i, 5-uchastkasi boshlig‘i

1991-1992 y.y. - "Kazzoloto" konchilik-boyitish kompleksi "Enbek" oltin izlovchilar arteli "Taxtarovka" shaxtasining kon ustasi

1992-1999 y.y. - "O‘zbekoltin" ishlab chiqarish birlashmasi "Gornaya" shaxtasining boshlig‘i, bosh muhandisi, "Zarnitsa" oltin izlovchilar artelining bosh muhandisi

1999-2001 y.y. - "O‘zolmosoltin" Uyushmasi Angren oltin qazib olish konining  bosh muhandisi

2001-2002 y.y. - "O‘zolmosoltin" Uyushmasi Angren oltin qazib olish koni direktori

2002-2007 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ texnik direktorining tog‘-kon ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

2007 - h/v. - "Olmaliq KMK" AJ bosh muhandisining tog‘-kon ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Vazifalari:

  • "Olmaliq KMK" AJ kon qazish korxonalari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ruda va metallar qazib olish, ustki qatlamlarini ochish, lahm o‘tish va geologik qidiruv ishlari bo‘yicha ishlab chiqarish istiqbolini bajarilishlarini ta'minlash;
  • Belgilangan muddatlarda konchilik korxonalari bo‘yicha kapital ajratmalarini o‘zlashtirilishini ta'minlash;
  • Xom ashyo bazasini tayyorlash va uni yanada rivojlanishini ta'minlash;
  • Konchilik korxonalarida ishlab chiqarishni texnik jihozlanganligini oshirish;
  • Ichki zahiralardan maksimal foydalanish, ishlab chiqarishni har tomonlama intensivlashtirish, ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish asosida mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish;
  • Qazib olinayotgan rudalar sifatini oshirish;
  • Rudalarni qazib olish va ustki qatlam ishlarini tannarxini tushirish.
Text to speech