• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mis sanoati klasteri

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyundagi PQ-5159 sonli “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida "Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha" boʻlgan koʻp pagʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotninig drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bogʻliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-texnologik Klaster yaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyundagi PQ-5159 sonli qarori bilan belgilangan topshiriqlarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov rahbarligida maxsus komissiya tuzildi.

Mutasaddi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish doirasida berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini muvofiqlashtirish Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga yuklatilgan.

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodi yakuniy sanoat ishlab chiqaruvchilari - Mis sanoat klasteri (keyingi oʻrinlarda Klaster) a’zolari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda mis katodining yillik ishlab chiqarish hajmi 148,0 ming tonnani tashkil yetadi. Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmini bir necha baravar oshirish rejalashtirilgan.

Klaster doirasida yuqori qoʻshimcha qiymatga yega boʻlgan yakuniy mahsulotlarni chiqarish bilan misni chuqur qayta ishlash hajmini 80% ga yetkazish maqsad qilingan.

Klasterni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

- yuqori qoʻshimcha qiymatga yega boʻlgan misdan yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarish (kabel va elektr uzatish mahsulotlari, quvurlar, armatura, mis kukuni, elektr transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va zaryadlovchi uskunalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari elementlari va boshqalar);

- Klaster a’zolarini Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalari, kimyoviy mahsulotlar bilan ta’minlash;

- Klaster uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda soxada tajribali-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish.

Amalga oshirilayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish, Klaster faoliyatining strategiyasi va asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ da Mis sanoati klasterni rivojlantirish xizmati tashkil yetildi.

Klasterni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida "Olmaliq KMK" AJ manfaatdor shaxslarni va kompaniyalarni Klaster sub’ektlari sifatida ishtirok yetishga taklif qiladi.

Agarda oʻz qiziqish va takliflaringiz boʻlsa, yozma ravishda info@agmk.uz  elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Text to speech