• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Energetika siyosati

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiуadorlik jamiyati zamonaviy korxona bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi yirik mis, rux va qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchi va yеtkazib beruvchi korxona hisoblanadi.

«Olmaliq KMK» AJ energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi korxona bo‘lib, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, texnologik jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, energiya iste’molining solishtirma me’yorlarini kamaytirish hisobiga korxonaning energiya samaradorligini oshirishga intiladi.

Manfaatdor tomonlar, shu jumladan davlat organlari, jamiyat, iste’molchilar, xodimlar va aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatni anglagan holda energetika hususiyatlarini doimiy ravishda yaxshilashga erishish uchun kombinatning yuqori rahbariyati va energetika menejmenti jamoasi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

- energetika menejmenti tizimi faoliyatining samaradorligini doimiy ravishda takomillashtirish va yaxshilash;

- kombinatning energetika hususiyatlarini yaxshilash;

- O‘zbekiston Respublikasining energiya samaradorligi, energiyadan foydalanish va iste’mol qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

- kombinatning energiya maqsadlari va vazifalariga erishish uchun axborot va zarur resurslar mavjudligini ta’minlash;

- kombinatning energetika hususiyatlariga ta’sir qiluvchi energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning sotib olinishini ta’minlash;

- loyihalashtirish jarayonlarida uskunalar va jarayonlarning energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisobga olish.

Qabul qilingan majburiyatlarga erishishga qaratilgan asosiy vazifalar:

- maksimal foyda olish maqsadida ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarining yo‘qotishlarini kamaytirish;

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun har yili tasdiqlanadigan energiya resurslari iste’molining solishtirma me’yorlariga qat’iy rioya etish;

- ishlab chiqarish, asbob-uskunalar, tizimlar, texnologik va biznes jarayonlarni modernizatsiya qilish hamda optimallashtirishda energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish;

- motivatsiya va rag‘batlantirish choralarini qo‘llagan holda, kombinatning barcha xodimlari o‘rtasida energiyani tejamkor va ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish psixologiyasi va madaniyatini tarbiyalash;

- yoqilg‘i-energetika va moddiy resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

- energiya resurslarini tejash, mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- kombinatning barcha xodimlarini energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarga jalb qilish.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, suv va boshqa resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish kombinatning har bir xodimi uchun me’yorga aylanishi kerak.

Energiya tejash muammolarini muvaffaqiyatli hal etishga faqat kombinat Boshqaruv raisidan tortib, to har bir rahbar, mutaxassis, ishchi xodimgacha barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlarigina imkon beradi.

Text to speech