• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK rivojlanish strategiyasi

 “Yoshlik I” konini o’zlashtirish” loyihaci to’g’risida

MA’LUMOTNOMA

 (01.01.2024 yil holatiga)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qaroriga muvofiq mazkur loyihani amalga oshirish natijasida:

loyihaning birinchi bosqichida ya’ni 2021-2025 yillarda 300 ming tonna mis katodi, 25 tonna oltin va 176 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.

Ikkinchi bosqichda, ya’ni 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 35 tonna oltin va 220 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.

Uchinchi bosqichda 2030 yilga kelib 500 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 300 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.

LOYIHANI AMALGA OSHIRISHNING JORIY HOLATI

1. Yoshlik I koni boʻyicha:

Yoshlik I konini oʻzlashtirish boʻyicha ishlar jadal olib borilayapti.
2 smenada ishlar tashkil etilgan.

Bugungi kunda obyektda togʻ-kon ishlari olib borilmoqda, 1 743 nafar ishchi-xodimlar va 400 donadan oshiq texnika ishlamoqda.

Bosh loyihachi “Giprotsvetmet” AJ tomonidan bugungi kunga qadar loyihaning birinchi navbati boʻyicha texnik-iqtisodiy ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Ishchi hujjat ishlab chiqilmoqda.

 “Yoshlik I” ruda qatlamiga yetish va uni qazib olish maqsadida tuproq ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 2024 yil 1 yanvar holatiga jami bajarilgan kon qazish ishlari hammasi boʻlib 173,2mln m3 tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, konda vaqtinchalik temiryo’llar va tashqi kommunikatsiyalarni qurish ishlari olib borilmoqda.

2. 3-Mis boyitish fabrikasi (MOF-3) boʻyicha

3-son Mis boyitish fabrikasini (3-MBF) qurilishi “Uralmashzavod” OAJ va  “Enter Enginnering” konsortsiumi tomonidan “Tayyor holda topshirish” sharti bilan amalga oshirilmoqda.

Loyihalashtirish ishlariga “Wood” (Italiya), loyiha hujjatlarini texnik jihatdan baholash va qabul qilish uchun “Technip Energies” (Buyuk Britaniya) kompaniyalari jalb qilingan. Shuningdek, «Worley Parsons» qurilish-montaj ishlarini tehnik nazoratini amalga oshiradi.

Bugun kunda qurilish hududida 17,6 mln (89%) kub metr yer ishlari va 594,3 ming kub metr(76%) beton ishlari, 84,2 ming tonna armirlash ishlari(81%), 8,2 ming tonna texnologik uskunalarni montaji(25%), 11,2 ming tonna(17%)  metallkonstruksiya ishlari bajarilgan.

Bugungi kunda 3-MBF qurilish maydoniga 9837 nafar mutaxassis(metallkonstruksiya tayyoralsh uchastkalari va yordamchi personalni hisobga olmagan holda) va 820 ta maxsus texnika vositalari ishlamoqda.

Shuningdek, qoldiqlarni saqlash obyektlari bo’yicha zarur boʻlgan yer maydonlari ajratilib, bugungi kunda poydevor qurish ishlari olib borilmoqda.

3. Ruda uzluksiz oqim texnologiyasi qurilishi

Ruda uzluksiz oqim texnologiyasi qurilish maydonida  6 mln kub metr yer ishlari(100%), 128 ming kub metr(85%) beton ishlari, 19,7 ming tonna armirlash ishlari(88%) bajarilgan. 1 205 dona uzluksiz oqim texnologik konveyrlari metal konstruksiyalari(stav)(90%),18,8 ming dona tayanch roliklari va 9,2 ming m konveyr lentalari montaji amalga oshirilgan.397  8,2 ming tonna texnologik uskunalarni montaji(25%), 11,2 ming tonna(17%)  metallkonstruksiya ishlari bajarilgan. Bu ishlarga 397 ishchi va  50 dona maxsus texnika jalb etilgan.2023 yil 23 noyabr kuni 100 nafar yurtimiz va xorijiy OAV vakillari ishtirokida konveyr orali rudalarning birinchi partiyasi sinov tariqasida yuklandi.

4. 3-MBF infrastrukturalari qurilishi

Chiqindi to`plash ombori dambalari poydevori asosini qurilishi bo`yicha 13 mln kub metr er ishlari(22%), 3,2 ming m(10%) quvur yo`tqizish  ishlari bajarildi. Bu ishlarga 531 nafar quruvchi va 79 dona maxsus texnika jalb etilgan.

Tashqi suv ta 'minoti obyektlarini qurish bo' yicha (23,5 ming m kub/soat) yer uchastkalari (712 gektar) ajratilib, 113 ta quduq burg'ulandi (jami 120 ta quduq rejalashtirilgan) Qoraxitoy yerosti suvlari havzasi perimetri bo'yicha 59 km (60 %) suv quvuri yotqizildi, shuningdek 855,2 ming kub metr (48%) yer ishlari amalga oshirildi.2,2 ming tonna armirlash ishlari amalga oshirildi(64%). 13,2 ming kub metr (62%) hajmdagi beton ishlari bajarildi. Ushbu ishlarga 531 quruvchi va 79 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Bugungi kunda 3-MBF va uning infratuzilma obyektlarida jami 11 088 mutaxassis (yordamchi xodimlar va metall konstruksiyalarni tayyorlash uchastkalari xodimlarini hisobga olmaganda) va 1 280 ta maxsus texnika jalb etilgan.

5. Elektr ta’minot boʻyicha:

“Yoshlik-I” konining tashqi elektr ta’minoti obyektlarini qurish boʻyicha tanlov oʻtkazilib, “O’zelektroapparat-Electroshield” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Ayni paytda  10 km 500  kV elektr liniyasining metall ustunlari toʻliq oʻrnatilib, 7,5  km qismiga sim tortildi.

Shuningdek,  asosiy uskunalarni yetkazib berish  ishlari yakunlandi (100%), montaj ishlari olib borilmoqda.

7 dona 500/100 transformatorlar oʻrnatildi.

 Ob'ekt qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

 Shuningdek, 2023 yil dekabr oyining oxirida TP-8 podstansiyasi, TP-9 podstansiyasi va portlovchi moddalar zavodi obyektlari bo'yicha obyektni foydalanishga topshirish to'g'risida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Text to speech