• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sanatoriy-profilaktoriya

"Olmalq KMK" AJ sanatoriy-profilaktoriysi 1970 yilda ochilgan va 250 o’ringa (kattalar, shuningdek bolalar ham) mo’ljallangan. Sanatoriy-profilaktoriy Toshkent viloyati Olmaliq shahrining markazida joylashgan. Umumiy maydoni yaqin 5 gektarni tashkil etadi, xududi manzarali va mevali daraxtlar, gullar va tokzorlar bilan ko’kalamzorlashtrilgan. Sanatoriy-profilaktoriy uchta binodan iborat bo’lib, binolar biridan ikkinchisiga o’tish uchun  yagona arxitektura ansambli bilan birlashtirilgan. Dam oluvchilarga 2 o’rinli xonalar beriladi, qo’shimcha sharoitli xonalarda televizor va muzlatgichlar mavjud. To’rt martalik ovqatlantirish tashkil etilgan, parxez taomlar  tayyorlanadi.

Yurak-qon tomr va asab tizimi kasalliklari, ginekologiya, harakt-tayanch tizimi va oshqozon-ichak kassaliklarini davolash lozim darajada yo’lga qo’yilgan. Sanatoriy-profilaktoriy zamonaviy  davolash-diagnostika jihozlari   bilan  ta'minlangan. Davolash maqsadida: giperbolik oksigenasiya, fitoterapiya, gidroaeronoterapiya, ingalyatoriy, funksional diagnostika, ignarefleksoterapiya, manual va lazerli terapiya, elektr bilan davolash, yuqori va past chastotali apparatura, nur bilan davolash, magnit bilan davolash, ozokerit, balchiq bilan davolash, suv bilan davolash (marvaridli va tuzli vannalar) suvosti dushli-massaj, sirkulyasiyali va ortib boruvchi dush, "Sharko" dushi, suvosti-skeletli tortib olish, uqalash, davolash gimnastikasi. Diagnostika va davolash uchun EKG va UZD kompyuter texnikasidan foydalaniladi, lazerli terapiya va boshqa tibbiyot uslubiyotlari tadbiq etiladi, hamda mutaxassislar tomonidan terapiya  stomatologiya, ginekologiya sohasida maslaxatlar beriladi.

Basseyn, sauna, trenajer zal, shinam oshxona  dam oluvchilarga muntazir. Shuningdek, kutubxona, o’quv zali, stol o’yinlari tashkil etilgan. "Metallurg" madaniyat saroyi badiiy xavaskorlik jamoalari  ishtirokida   konsert, dam olish kechalari uyushtiriladi.

Text to speech