• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Metallurg” madaniyat saroyi

"Metallurg" madaniyat saroyining ish faoliyati milliy fikrlash va mafkurani kengaytiriish va takomillashtirish, istiqlol ruhini shakllantirish, sog’lom avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, madaniy dam olish, ish va o’qishdan bo’sh vaqtni foydali o’tkazishni tashkillashtirishga yo’naltirilgan.

"Metallurg" MSda vokal, xoreografiya, tasviriy san'at, sirk san'ati yo’nalishlari bo’yicha  26ta badiiy havaskorlik to’garaklari faoliyat yuritmoqda, shundan: 16ta kattalar va 10ta bolalar uchun to’garaklar bo’lib, 590 nafar bolalar shug’ullanadilar.

"Metallurg" MS  ijodiy guruhi va bo’limlari  tomonidan   ulkan ishlar olib borilmoqda:

  • "Navro’z", "Halqaro xotin-qizlar bayrami", Xotira va qadrlash kuni, O’bekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni, O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi kuni, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni, Yangi yil bayramlariga bag’ishllangan konsertlar o’tkazish;
  • "Metallurg" MS ijodiy guruhi nafaqat OKMK tarkibiy bo’linmalari, balki shaharliklar bilan ham uzviy aloqada faoliyat yuritadi. "Yoshlar" bog’ida yoshlar va shahar aholisi  uchun uchrashuvlar va dam olish kechalari, diskotekalar   an'anaga aylandi. Shahardagi umumiy o’rta ta'lim maktablari, o’rta maxsus kasb-hunar kolledjlari bilan hamkorlikda  tadbirlar o’tkaziladi, 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab, 80-sonli  maxsus  maktab-internat, Bo’ka shahridagi 15-sonli Mexribonlik, Piskent tumanidagi bolalar uylarida  mavzuli konsert dasturlari namoyish etiladi. "Ma'naviyat va ma'rifat" yo’nalishi bo’yicha yoshlar o’sib kelayotgan avlod orasida faol tashviqotchilik ishlari  olib borilmoqda. Bu ishlarga Olmaliq shahar din ishlari o’yicha mutaxassilar va huquqni himoya qiluvchi idoralar vakillari jalb etiladi.

Yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida har yili an'anaviy  xalq ijodiyoti festivallari, "OKMK malikasi", "Kombinat go’zali" tanlovlari, "Zakovat" intellektual o’yini o’tkazilmoqda, OKMK tarkbiy bo’linmamlari o’rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" klubi xarakatining ishi tiklandi.

Madaniyat saroyi OKMK tarkibiy bo’linmalarida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi  bayramiga bag’ishlab bayram  dasturlarini tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etadi, bayram dasturlarida badiiy havaskorlik to’garaklari jamoalari o’z chiqishlari bilan bayramga yanada ko’rkamlik baxsh etadilar.

"Metallurg" MS jamoalari shahar, viloyat, respublika va xalqaro tanlovlar, konsertrlar va festivallarda faol qatnashib kelmoqda.

"Metallurg" MS "Olmaliq KMK" AJ  kasaba uyushma Kengashi tarkibiga kiradi va Kengash bilan hamkorlikda madaniy-ommaviy yo’nalishlarda: folklor festivallar, yangi yil tomoshalari, yubiley kechalari, sog’lomlashtirish oromgohlari va dala maydonlariga ko’chma konsertlar uyushtiradi.

"Metallurg" MS o’zining madaniy-ma'rifiy yo’nalishda olib borayotgan ishlari bilan shahrimiz katta va kichik aholisining mazmunli dam olishiga katta hissa qo’shmoqda, ularning odob-ahloq va ma'naviy turmush tarzini takomillashtirish, hamda o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalashga imkon yaratadi. San'at saroyinii o’z vaqtida texnik jihozalash va xodimlarning o’z kasbiy mahoratlarini takomillashtrib borishi evaziga tadbirlar yuqori darajada o’tadi.

"Metallurg" MS qarashli kutubxona  "Olmaliq KMK" AJ ishchi-xizmatchilari va ularning oila a'zolariga, nafaqaxo’rlarga xizmat ko’rsatadi. Xizmat o’quv zallarida "Tong", "Metallurg", "Istiqlol", "Parvoz" BSO ko’chma kutubxonalarida amalga oshiriladi. Kasaba uyushma tashkilotlari bilan hamkorlikda rejaga muvofiq kombinat sexlarida ommaviy tadbirlarni o’tkazadi.

Text to speech