• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ayol - jamiyat tayanchi

14 Aprel 2023, 14:2 611

Joriy yilning 10-aprel kuni Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi V.Davletova tomonidan korxona xotin-qizlari ishtirokida seminar trening o‘tkazildi.

Ushbu seminar treningda Gender tengligini ta'minlash borasida korxonada olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlar borasida to‘liq ma'lumot berildi.

Tadbirda ijtimoiy-siyosiy faol ayollar jamiyat taraqqiyotining yetakchi kuchi ekanligi alohida ta'kidlanib, yurtimizda xotin-qizlar huquqlari va erkinligini ta'minlashning mustahkam huquqiy bazasi shakllantirilgani, ularning mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Seminarda bugungi kunda ayollarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimida to‘g‘risi borasida muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech