• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada "Milliy dasturxon" tanlovi

23 Mart 2023, 10:12 1036

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi sex va uchastkalari orasida Navro‘z ayyomi munosabati bilan "Milliy dasturxon" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirok etgan 8 ta bo‘linmadan Volfram yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish gidrometallurgiya sexi jamoasi "Eng yaxshi tayyorlangan osh" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

"Eng ahil jamoa" nominatsiyasini Molibden yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish gidrometallurgiya sexi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Asbob va texnologik uskunalar ishlab chiqarish sexi jamoasi "Eng chaqqon jamoa" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

"Eng yaxshi milliy bezaklar" nominatsiyasi Kompozit materiallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish sexiga nasib etdi.

"Eng yaxshi milliy urf-odatlar" nominasiyasiga Energota'minot sexi jamoasi loyiq deb topildi.

"Eng yaxshi tashkilotchi jamoa" deb Nodir metallarni chuqur qayta ishlab chiqarish sexi jamoasi e'tirof etildi.

Barcha g‘oliblar kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan rag‘batlantirildilar.

Sherzod Axmedov,

Birlashma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.

Bo`lishmoq:
Text to speech