• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Birlashmaning eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili"

05 May 2023, 8:38 1362

Butunjahon mehnatning muhofaza qilish kuni munosabati bilan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasida kasaba uyushmasi qo‘mitasi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, tibbiy bo‘lim va yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda "Birlashmaning eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili" tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda uch bosqichda tashkil etildi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar uchun 20 soatli o‘quv seminari tashkil qilindi.

Ikkinchi bosqichda seminar davomida olingan bilimlar nazariy sinovdan o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda 1-chorakda vakillar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Tanlovning uch bosqich yakuniga ko‘ra, energota'minot sexi o‘rovchisi Shevket Saryanidis 3-o‘rinni egalladi.

Molibden yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish gidrometallurgiya sexi apparatchisi Innaet Yashlovskaya esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Xo‘jalik uchastkasi rassomi "Birlashmaning eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili" deya Inara Malseva e'tirof etildi.

G‘oliblar "Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sherzod Axmedov,

Birlashma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech