Ishonch telefoni
Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari Yevroosiyo metallurglar Federatsiyasining rejasiga asosan Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Ikki yildan buyon yurtimizda "Kasaba uyushmalari kuni" keng nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda davlatimiz rahbari tomonidan 11 noyabr - Kasaba uyushmalari kunida hatto butun xalqimiz uchun dam olish kuni etib belgilangani bu soha vakillariga bo‘lgan e'tiborning yana bir isbotidir.
Har yili an'anaviy o‘tkazib kelinadigan “Yil ayoli” milliy tanlovi Respublikamiz bo‘ylab, tashkil etilmoqda.
«Olmalik KMK» AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni arafasida tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiyalari raislari uchun seminar tashkil etildi.
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimi joriy etilishi pirovard natijada inson qadrini ulug‘lash, har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini tom ma'noda kafolatlashda muhim omil bo‘lmoqda.
11 noyabr - “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati ” Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida bayram tadbirlari davom etmoqda.
Bugun shahrimizdagi “Go‘zal” tantanalar majmuasida 11 noyabr - “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati ”Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan tanlovlar g‘oliblari e'lon qilindi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – “Bolalar oromgohlari faoliyatini namunali tashkil etgan korxona”, deya e'tirof etildi. Ma'lumot uchun OKMK tasarrufida “Metallurg”, “Tong”, “Istiqlol”, “Gulzor”, “Xondiza - Parvoz” kabi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xondiza kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Saidov Kamoliddin Jumaevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti laureati bo‘ldi. OKMK Axborot xizmati
O'quv markazida 11 noyabr - “O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Ijro apparati kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.
"Keksalari e'zozlangan yurtning kelajagi albatta porloq bo‘ladi", deyishadi. Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi 21-MTTda "Uch avlod vakillarining uchrashuvi" madaniy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25-oktabr kuni “Metallurg” MSda OKMK tarkibiy bo‘linmalari kasaba uyushmasi qo‘mitalari ma'naviyat va ma'rifat komissiyalari raislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasining ma'naviyat-ma'rifat ishlari bo‘yicha komissiyasining tashabbusi bilan 28-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasiga tashrif buyurishdi.
Ayni kunlarda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O‘quv markazida “OKMKning eng yaxshi murabbiysi” kasb mahorat tanlovi o‘tkazildi.