• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng mohir kon ishchisi”

27 Aprel 2023, 9:25 908

OKMK boshqaruvi raisi A. Xursanovning "Olmaliq KMK'' AJda 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Kovuldi koni ishchi-xodimlari o‘rtasida “Eng mohir kon ishchisi” kasb-mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Yer osti konlarida xavfsiz ishni tashkil etish uchun birinchi navbatda tashkiliy-texnik tadbirlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, MM va XT qoidalari va normalariga doir hujjatlar ishlab chiqilishi va ular bilan ta'minlanishi lozim. Shuningdek, kasb, lavozim yo‘riqnomalari belgilangan tartiblarda o‘tkazib borilishi, yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari to‘g‘ri qo‘llanishi, xavfi yuqori bo‘lgan ishlar naryad-ruxsatnomalar asosida olib borilishi, elektr va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, topshiriqlarda ko‘rsatilgan va bevosita rahbari tomonidan topshirilgan vazifalar bajarib borilishi kerak. 

Kon Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, yer osti uchastkasi kon ishchisi Xurshid Nurunbetov barcha shartlarni a'lo darajada bajargan holda “Eng mohir kon ishchisi” deya e'tirof etildi.

Ikkinchi o‘rinni yer osti uchastkasi kon ishchisi Azizbek Abdurahimov egalladi.

Yer osti uchastkasi kon ishchisi Ravshan Mirzaabdullayevga esa uchinchi o‘rin nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Anorboy Yusupov,

Kovuldi koni kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech