• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi samosval haydovchisi

03 Aprel 2023, 13:40 991

Kuni kecha Avtomobil transport boshqarmasining 4- va 5-sonli avtokorxonalari haydovchilari o‘rtasida “Eng yaxshi samosval haydovchisi” kasb-mahorat tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar nazariy va amaliy shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Isuzu avtosamosval haydovchilarining kasbiy mahoratlarini oshirish, ushbu kasbni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda 4-avtokorxonada Ibodulla Eshnazarov, Akmal Xalilov va Jahongir Ishnazarovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

5-avtokorxona haydovchilari orasida esa Nurali Begmatov, Muxibillo Meliyev, Azamat Murtazayev kuchli uchlikdan joy olishdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Ma'lumot o‘rnida: ushbu avtokorxonalar Sherobod sement zavodi va Xonjiza kon boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalariga transport xizmatini ko‘rsatib keladi.

Olimjon Ahmedov,

ATB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech