• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!

17 Mart 2023, 15:14 1106

Ozod va obod yurtga bayramlar yarashadi. Yurtimizda kezib yurgan bahor faslining go‘zal bayramlaridan biri Navro‘z ayyomi shukuhi butun yurtimiz bo‘ylab sezilmoqda. Xalqimizning ushbu sevimli bayrami Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida ham kayfiyatda nishonlanmoqda.

Xususan, Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi mehnat jamoasi ham Navro‘z olamni bayramona ruhda kutib olishdi.

Bugun korxonaning barcha ishchi-xodimlari hamda nafaqada bo‘lgan faxriylari bir dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Tadbir davomida OKMK boshqaruv raisini xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S'adi Shermatov, kombinati xodimlari kasaba uyushma Kengashi raisi Abdurashid Xaydarov hamda STTB rahbari v.b Sirojiddin Manazarovlar so‘zga chiqishib, mehnat faxriylari va ishchi-xodimlarni bayram bilan qutlashdi hamda o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tib, korxonaning erishayotgan bugungi yutuqlari zamirida har bir xodimning fidokorona mehnati yotganini ta'kidlab o‘tishdi.

Tadbir davomida "Metallurg" madaniyat saroyining badiiy xavaskorlik jamoalari tomonina tayyorlangan konsert dasturi barchaga munzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida STTB Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan baxtli chipta g‘oliblari, "Eng yaxshi milliy taomlar" tanlovi g‘olibi ham aniqlandi. Jumladan, fayzli dasturxon bezagi bilan 2-temir yo‘l sexi bahor va bayram nafasi ufurib turgan dasturxon bezagi bilan 1-o‘ringa munosib deb topildi va Kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 Obid Sarkayev,

STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech