• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi: sarhisob

04 Yanvar 2023, 8:48 1319

2022-yilning 30-dekabr kuni Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi yil sarhisobi tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab, ko‘p yillar davomida maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i sifatida mehnat qilgan Polyakova Tat'yana Nikolayevna tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi. Uning mehnati va yillar davomida IOB ravnaqiga qo‘shgan hissasi e'tirof etilib, esdalik sovg‘asi tuhfa etildi.

Shundan so‘ng, “Yil maktabgacha ta'lim tashkiloti” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-o‘rinni 35-sonli MTT egalladi. 2-o‘rin 31-sonli MTTga nasib etdi. 34-MTT esa 3-o‘ringi loyiq ko‘rildi.

Tadbir davomida “Eng yaxshi mehnat muhofazasi burchagi” hamda “Eng yaxshi ish taqsimlash xonasi” ko‘rik tanlovlarining g‘oliblari ham taqdirlanishdi.

“Eng yaxshi ish taqsimlash xonasi” ko‘rik tanlovida g‘oliblikni Sog‘lomlashtirish maskani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa esa Dezinfeksiya bo‘limi mehnat jamoasi munosib ko‘rildi. Uchinchi o‘rin esa “Oltin olma” pansionatiga nasib etdi.

Barcha g‘oliblarga pul mukofotlari taqdim etildi.

Shuningdek, yil davomida barcha tadbirlarda faollik ko‘rsatgan 12 nafar yoshlar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, “Yilning eng faol ayoli” sifatida Kamolova Ozoda Ergashevna, “Yilning eng faol erkagi” sifatida - Usvaliyev Farhod Abdunabiyevich e'tirof etildi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech