• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”

22 Dekabr 2022, 11:4 723

Joriy yilning 20-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi majlislar zalida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” shiori ostida seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar kasaba uyushmalari qoshida mehnat qilayotgan, kasaba uyushma faoliyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan kasabaqo‘m raislari va komissiyalar raislari uchun amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi. Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalarining kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitalari qoshidagi komissiyalar rais va a'zolari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi kasaba uyushmasi kommissiyalaring faoliyati namuna sifatida ko‘rsatildi.

Ayni paytda MTMZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi qoshida 8 ta yo‘nalishni qamrab olgan komissiyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Bular - tashkiliy, mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoya, ma'naviy-ma'rifiy, sport-sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar, yoshlar va Uy-joy masalalari bo‘yicha komissiyalardir.

Seminarda ushbu komissiyalar o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va komissiyalarning vazifalari haqida Taqdimotlarni namoyish etishdi.

- Mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyalar kasaba uyushmalarining qonunchiligiga muvofiq xodimlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarini himoyalash maqsadida tashkil etilgan, deydi MTMZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ravshan Xamrayev. - Xavfsizlik texnikasi qoida va me'yorlari buzilishining oldini olish bo‘yicha choralar ishlab chiqish va amalga oshirish, xodimlarga zarur mehnat sharoitlarini yaratish komissiyaning ustuvor vazifasi sanaladi. Shuningdek, komissiya sanitar-maishiy bino va inshootlarni sanitar-gigienik talablarga muvofiq holatlarga keltirish, ish joylarini texnika xavfsizligi yo‘riqnomalari bo‘yicha jihozlash, shuningdek, maxsus kiyim-bosh, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bepul berilishini ta'minlaydi.

Hozirgi kunda, kasaba uyushmalarining oliy maqsadi – yurtimizda erkin va farovon hayot qurish ishlarida faol ishtirok etish, Yangi kasaba uyushmalari, albatta, Yangi O‘zbekistonni qurish ishiga hamda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi barcha ezgu ishlarida kamarbasta va yelkadosh bo‘lish, - deydi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati  xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdirashid Xaydarov. - Kasaba uyushmalarining himoya vazifasi asosan huquqiy va ijtimoiy himoya kabi yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Mehnat sohasidagi masalalarni hal etish esa ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Jamoa shartnomasi ijrosi monitoringini yuritish, xodimlar ehtiyojini o‘rganish – inson manfaatlarini ta'minlashda muhim omillardan biridir.

Tadbir davomida ishtirokchilar zavodda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, ish taqsimlash xonalari, “Ma'naviyat-ma'rifat” va Kasaba uyushma qo‘mitasining kabinetlarida samarali faoliyat olib borishlari uchun ma'muriyat tomonidan barpo etilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi 46 ming 464 nafar a'zoni o‘zida birlashtirgan.

Umida Djalilova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech