• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Kombinat yulduzchalari”

25 Aprel 2023, 12:18 902

Kuni kecha “Metallurg” MSda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Kombinat yulduzchalari” ijodiy festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, tarbiyalanuvchilarda musiqiy tarbiyani shakllantirish, bolalarning ijodiy rivojlanishiga qo‘shimcha shart sharoit yaratish va san'atga oid iqtidorlarini rivojlantirish, musiqiy didlarini tarbiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy tayyorgarligini baholashdir.

Tadbirda MTM musiqa rahbarlari o‘zlarining sahnalashtirilgan kuy - qo‘shiq va raqslari bilan bolajonlarni xursand qilishdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festivalda IOB rahbariyati tomonidan barcha MTT tarbiyalanuvchilari turli nominatsiyadagi diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Ijodiy festivalda 7-MTM bolajonlari g‘olib deb topilib Gran pri egasi bo‘lishdi.

OKMK AJ Xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan jamoalarni barchasiga sovg‘alar jamlanmasi lego, samokat va badminton topshirildi.

G. Xolmirzayeva,

IOB Kasaba uyushmasi Tashkiliy ishlar komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech