• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Komissiyalar faoliyati tahlil etildi

30 Noyabr 2022, 8:55 705

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining navbatdagi majlisida kasaba uyushmasi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan komissiyalar tomonidan joriy yil 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.

 Mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiya raisi Sayyora Djurayeva so‘z olib, ishchi-xodimlarga ish joylarida mehnatni muhofaza qilish talablariga mos ish sharoitlarini tashkil etish borasida 353 ta ish taqsimlash xonalari 1647 marotaba o‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan 1534 ta kamchilikdan 1300 tasi bartaraf etilganligi ta'kidladi. Shuningdek, holati o‘rganilgan 170 ta maishiy xonalar bo‘yicha aniqlangan 1337 ta kamchiliklardan 1049 tasi bartaraf etilgan. Kombinat korxona va sexlarida faoliyat yuritayotgan 55 ta ishchilar oshxonalarida hisobot davri mobaynida 1208 marotaba o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan 817 ta kamchiliklardan 719 tasi bartaraf etilgan.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish va bu yo‘nalishda ishni to‘g‘ri tashkil etish uchun 581 nafar vakillardan 552 nafari namunaviy o‘quv dasturi asosida o‘z malakalarini oshirishgan. Mehnatga layoqatsizlik holatida, betob yotgan xodimlar holidan xabar olish, kasallanish sabablarini o‘rganish va monitoringini olib borish, mehnatga layoqatsizlik varaqalarining soni kamayishiga e'tibor ko‘chaytirish xususida vazifalar belgilandi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Viloyat Davletova, hisobot davrida “Kasaba uyushmasi – xotin-qizlarga”, “Kasaba uyushmasi – bolalarga” ijtimoiy aksiyalar doirasida o‘tkazilgan keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari yuzasidan batafsil ma'lumotlar taqdim etdi. V.Davletova xotin-qizlar sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sportning ommaviyligi va shug‘ullantiruvchilar sonini oshirish, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va rahbarlik lavozimlariga tayyorlashni tizimlashtirish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonliklarini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni moddiy va ma'naviy huquqlarini himoya qilish sohasida yil davomida o‘tkazilgan tadbirlari yuzasidan hisobot berdi.

Sport va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha komissiya raisi Sherali Kucharov ham  hisobot berib o‘tdi. Unga ko‘ra, 311ta sport musobaqalarida 8433 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etgan. “OKMK Spartakiadasi-2022” sport musobaqasida 3ta guruhlar kesimida sportning voleybol, stritbol (ayollar), shashka, shaxmat, badminton, armresling, stol tennisi, yugurish estafetasi, “Alpomish va Barchinoy” va oilaviy musobaqalar ommaviy tarzda tashkil etilgan. “OKMK Yoshlar spartakiadasi – 2022” va boshqa bir qator sport-ommaviy musobaqalarida kombinat ishchilari faol bo‘lib, musobaqalarda avvalo ular orasida kasb kasalliklarini oldini olish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etildi.

Kasaba uyushmasi faoliyatining tashkiliy masalalar bo‘yicha masalalar bo‘yicha komissiyasi raisi Umida Djalilova tomonidan hozirgi kunda kombinat kasaba uyushmasi tuzilmasida mavjud bo‘lgan 40 ta tashkilot tasarrufida 344 ta sex qo‘mitalari faoliyat  yuritishi ta'kidlandi. Sex va uchastkalari hamda ish taqsimlash xonalarida jami 237 ta kasaba uyushmasi faoliyati yorituvchi stendlardan 200 tasi o‘rganib chiqilgan va tavsiyalar asosida jihozlangan. 500 nafarga yaqin kasaba uyushma xodimlari va faollarining malakasi, huquqiy ong va huquqiy madaniyati oshirildi. Shu bilan birga, kasaba uyushma faollari va ishchi-xodimlarning O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tarixi va faoliyati bilan yaqindan tanishish istagidagi takliflarga ko‘ra ikki marotaba O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tarixiy muzeyiga, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyalariga sayohatlari tashkil etilgan. 40ta korxona kasaba uyushma tashkilotlarida ish yuritish ahvoli o‘rganilayotir. Boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkazilgan seminar-treninglar, ko‘rik-tanlovlar, intellektual o‘yinlar va boshqa turdagi tadbirni tashkil etishga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan. Masofaviy tarzda ta'lim olib borilayotgani hamda kasaba uyushmasi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan olib borilayotgan hamkorlik natijasida kasaba uyushma a'zolariga kasaba uyushmasi faoliyati to‘liq yetkazilayotgani yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech