• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar

25 Aprel 2023, 12:53 918

28-aprel – Butunjahon mehnat muhofazasi kuni munosabati bilan Mis eritish zavodi sex va bo‘linmalari o‘rtasida “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi sex bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkazilib, unda ishtirokchilar O‘zbekiston, kombinat va Mis eritish zavodi tarixiga hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha savollarga javob berishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Kuporos sexi jamoasi bilimdonlari 3-o‘rinni egallashdi.

Sulfat kislotasi sexi jamoasi bilimdonlariga esa 2-o‘rin nasib etdi.

Barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan holda tanlov g‘olibligini Havo taqsimlash sexi jamoasi bilimdonlari qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar M.To‘rayev va A.Aglamxo‘jayevlar ham rag‘batlantirildi.

G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Sanobar Norinboyeva,

MEZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech