• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi bo‘yicha IChAB bilimdoni

08 May 2023, 10:11 686

2023-yil 4-may kuni Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasida Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab korxona mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi hamda kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha IChAB bilimdoni” tanlovi tashkil etildi.

Unda IChAB sex va uchastkalaridan 11 nafar xodim ishtirok etishdi.

Ikki bosqichda tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, IChAB tarixi, mantiqiy mavzularda 15 ta test, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlarni bajarishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, MAL NO‘A va A sozlovchisi F.Umirzakov g‘olib, deb topildi.

2-o‘rin AT guruhi NO‘Ava A chilangari M.Shaydullovaga nasib etdi.

Axborot texnologiyalari xizmati operatori V.Azimjanova 3-o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari kombinat kasaba uyushma Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Sherzod Tursunov,

IChAB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech