• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yoshlik I” konida texnologik jarayon qizg‘in pallada

26 Yanvar 2023, 8:0 1550

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mega loyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik I” konida ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda. Mamlakatimizda kuzatilgan anomal ob-havo sharotida ham bir zum bo‘lsada konda ish jarayoni to‘xtagani yo‘q.

2017-yilda mazkur hudud tekislik va tepaliklardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilning yakunigacha bu yerdan 137,8 milion kub metr tuproq olib chiqildi. 2023-yilning boshidan to 19-yanvar sanasigacha esa 1,2 milion kub metr tuproq qazib olingan. Joriy yilda jamoa o‘z oldiga 45,0 milion  va autsorsing bo‘yicha 10 million kub metr kon-kapital ishlari bajarilishi rejalashtirgan.

Hozirda obyektda 1741 nafar ishchi-xodimlar va 400 dan ortiq turli rusumdagi texnikalar ishlamoqda.

“Yoshlik I” konini o‘zlashtirilishiga va reja topshiriqlarining ortig‘i bilan uddalanishi negizida, unda faoliyat yuritayotgan ishchilarning samarali mehnati yotibdi. Ular bu orqali sanoat rivojiga o‘z hissalari qo‘shishabdi, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ishchi-xodimlarga sovuq ob-havo sharoitida ishlaganliklari hisobga olingan holda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mehnatkashlarga tabiat injiqliklari begona emas, bahor va kuzning kuchli shamoli hamda yomg‘irlari, yozning jazirama issig‘iyu qishning izg‘irin sovug‘i ularni qo‘rqita olmaydi. Qonchilarning bu mehnatini qahramonik bilan tenglashtirish mumkun.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz "Yoshlik I" koni hududi 11 ming gektarni tashkil yetib, zaxirasi esa yiliga 65 million tonna ma'dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech