• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ramazon ezgu amallar oyi

07 Aprel 2023, 14:1 696

Muqaddas Ramazon oyida muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, yetimlarni boshini silash, keksalarning holidan xabar olish xalqimizga xos fazilat sanaladi.

Mohi Ramazon oyida ezgu amallarni boshidan tutgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining tashabbusi bilan kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida bir qator xayrli ishlarga qo‘l urilmoqda.

Jumladan, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa natijasida boquvchisini yo‘qotgan oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning xonadonlarida xayriya hasharlari o‘tkazilib, muntazam ravishda holidan xabar olinib, iftorliklar tashkil etilayapti. Iftorliklarda o‘tganlar haqqiga tilovat qilinmoqda.

Har bir xonadon egalariga oziq-ovqat jamlanmasi, esdalik va qimmatbaho sovg‘alari hadya etilayapti.

Bu kabi ezgu amallar bardavomlik kasb etib, jami bo‘lib 31ta xonadonda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu oyda insonlarga yaxshilik qilib, xayru saxovat ko‘rsatib ulkan ajru savoblarga ega bo‘lish har bir mo‘min musulmon uchun ahamiyatlidir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech