• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xayrulinlar oilasi - finalda

31 Yanvar 2023, 15:38 1222

Yorqin ranglar va chiroqlar, jozibador raqslar, sho‘x kuy va qo‘shiqlarga boy bo‘lgan tanlov tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. “Metallurg” madaniyat markazida tashkil etilgan “OKMK super oilasi” tanlovining saralash bahsida odam gavjum bo‘ldi. Aayniqsa qarsaklar sadosi hamda hayqiriqlarning ovozi saroyni larzaga keltirdi.

Mana shunday yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan tanlovda Xayrullinlar, Mexaylovlar, Baydullayevlar va Stepanovlar juftligi “OKMK super oila”si nominatsiyasi uchun bahs olib borishdi.

Qayd etib o‘tish joizki, tanlov ishtirokchilari kombinatning turli bo‘linmalarida faoliyat yuritishadi.

Dastlab qatnashuvchilar o‘z oilalari bilan tanishtirdilar. Ya'ni taqdim etilgan videolavhada qiziqishlari, kasb-kori, er-xotin munosabatlari, an'ana va qadriyatlar hamda urf-odatlari aks etgan.

Navbatdagi shart xonadon egalarini biroz o‘ylantirib qo‘ydi. Chunki ular o‘z ayollarining ovozini ifoda etilgan she'r orqali aniqlashlari kerak edi. Bunda soha mutaxassislari ovoz kuchaytirgichdan chiqayotgan tovushlarni bir oz o‘zgartirib ko‘yishdi.

Tanlovning har bir yo‘nalishiga noodatiy yondashilgan. Jumladan, savol-javob sharti ham kutilmagan tasodif bo‘ldi. Bunda xonadon vakillariga anketa taqatildi. Mazkur anketalar yordamda esa er-xotin bir birlarini qanchalik yaxshi bilishlarini aniqlab berdi.

Shundan so‘ng, juftliklar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

Hakamlar hay'ati asosan juftliklarning munosabatlari, sahna madaniyati, san'at sohasidagi mahorati va epchilligi inobatga olingan holda xolis baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra esa “Eng kreativ oila”nominatsiyasini Baydullayevlar juftligi, “Eng bilimdon oila” nominatsiyasini Mexaylovlar va “Eng ijodkor oila ”nominatsiyasini Stepanovlar juftligi qo‘lga kiritdi.

Saralash bosqichining mutloq g‘olibi va “OKMK super oilasi” nominatsiyasi esa Xayrulinlar oilasiga nasib etdi.

Tanlov so‘ngida g‘olib ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, makzur tanlovda intirok etish istagini bildirganlar, “Metallurg” MS ma'muriyatiga uchrashishlari mumkin. Mazkur bahslarda saralanganlar esa yil yakunida eng kuchlilar bilan bellashadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech