• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi yil bayrami tanlovlari

04 Yanvar 2023, 10:46 906

OKMK Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bo‘limlar o‘rtasida “O‘z qavatining eng yaxshi Yangi yil bezagi” hamda “Eng yaxshi yangi yil ramzi o‘yinchog‘i” kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi.

“Eng yaxshi yangi yil ramzi o‘yinchog‘i” tanlovida ishtirokchilar qo‘l mehnat orqali yil ramzini yasashlari talab etildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 3-o‘rin Moliya va g‘aznachilik bo‘limi EHM operatori Adela Xayrullinaga nasib etdi.

Ijtimoiy bo‘limning farroshi Nazira Yunusova chang‘idagi sportchi quyonlar timsolini yaratib, 2-o‘rinni egalladi.

Xodimlar bilan ishlash xizmati texnik inspektori Saida Mirzaliyeva esa quyonlarning oilasining Yangi yil bayramini kutib olish kompazisiyasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“O‘z qavatining eng yaxshi Yangi yil bezagi” tanlovida 1-qavatda “Sharlar buluti” kompozitsiyasi bilan ishtirok etgan kotiba Zilola Hakimova rag‘batlantiruvchi sovrin bilan taqdirlandi.

2-qavatda esa Xodimlar bilan ishlash xizmati texnik inspektori Bonu Abdurashitova va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi EHM katta operatori Fotima Davronova 3-o‘rinni egallashdi.

5-qavatda “Soatlar 12.00da bong uradi” nomli kompozitsiyasi bilan ishtirok etgan standartlashtirish bo‘limi, fan va innovatsiyalar bo‘limi, texnik bo‘lim, atrof-muhit muhofazasi bo‘ilmi, Texnik nazorat xizmati, ofis menejer xizmati 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

4-qavatda “Qishgi o‘rmon qirolligida snegirlar” kompozitsiyasi bilan qatnashgan texnik bo‘lim, ishlab chiqarish va xarajatlarni monitoringi boshqarmasi, SLM, ofis-menejer xizmati g‘olib bo‘lishdi.

Tanlovlarning g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Almira Volkova,

Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech