• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yaxshiliklar etar davom

30 Dekabr 2022, 13:58 790

Har bir bayram arafasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ezgu amallar bo‘y ko‘rsatadi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan ham xayrli ishlarga qo‘l urildi. Jumladan, 123 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga, 36 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalarga o‘zida 9 xil oziq-ovqat mahsulotlarini jamlagan to‘plamlar tuhfa etildi.

Shuningdek, 55 nafar baynalminal jangchilarga, 4 nafar Chernobil AES halokatini bartaraf etishda  ishtirok etganlarga, 3 nafar Ikkinchi jahon urushi hamda 23 nafar mehnat fronti faxriylariga manzilli ko‘mak ko‘rsatilib, 500 000 so‘mdan moddiy yordam ajratildi.

Bundan tashqari, kombinat ishchi-xodimlarining 343 nafar nogironligi bor farzandlariga, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 110 nafar farzandlariga bayram sovg‘alari tarqatildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan bir qator ta'lim muassasalari ham e'tibordan chetda qolgani yo‘q. Xususan, Olmaliq shahridagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab internati(188ta sovg‘a), 6 sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab(171ta sovg‘a), Piskent tumanidagi 79-sonli maxsus maktab internat(272ta sovg‘a), Angren shahridagi 9-sonli(148ta sovg‘a) hamda 34-sonli(220ta sovg‘a) maxsus maktab internatlarining o‘quvchilariga ham Yangi yil bayrami sovg‘alari yetkazildi.

Kombinat ishchi-xodimlarining 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 27030 nafar farzandlariga ham imtiyozli(50% chegirmasi) narxda bayram sovg‘alari tarqatildi.

Shuningdek, ko‘p bolali hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimlarning 502 nafar farzandlariga hamda Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 16ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 3162 nafar tarbiyalanuvchilariga ham bepul tarzda Yangi yil bayrami sovg‘alari tuhfa etildi.

29-30 dekabr kunlari esa bir guruh nuroniylar uchun ko‘hna Samarqand shahriga tashkil etilgan sayohat ham, ularda katta taassurot qoldirdi.

"Bola qalbi quvonchga to‘lsin!" deb nomlangan ijtimoiy aksiyada esa Olmaliq shahridagi ko‘p bolali, nogiron farzandi bor kombinat ishchi-xodimlari hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 21 nafar farzandlariga turli xil shirinliklardan iborat bayram sovg‘alari tuhfa etildi. Yangi yil bayrami sovg‘alari turli xil ertak qahramonlari hamda Qorbobo va Qorqiz ishtirokida tarqatildi.

Kombinat ishchi-xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Yangi yil bayram munosabati bilan 1 mln so‘mdan mukofot puli hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ajratildi.

Kelayotgan 2023-yilda ham OKMK tomonidan ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ezgu amallar bardavomlik kasb etadi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech