• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yosh umidli sportchi e'tirof etildi

29 Sentyabr 2022, 10:22 1233

Avval xabar berganimizdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan yosh sportchi Munisa Ashurbekova tennis bo‘yicha joriy yilning 19-25 sentyabr kunlari Quvayt davlatida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mutlaq g‘alaba qozondi.

Munisa bugun yurtimizga qaytib keldi. Yosh iste'dodli sportchini aeroportda OKMK mas'ullari, jamoatchilik vakillari tantanali kutib olishdi. Kutib olish marosimida uning xalqaro sport arenasida erishgan yutug‘i barcha yoshlarga motivatsiya bo‘lishi ta'kidlandi.

Munisaga kombinat mas'ullari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

OKMK rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e'tibordan mamnun bo‘lgan Munisa kelgusida ham yuksak marralarni zabt etishini ta'kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirib qoldi.

Eslatib o‘tamiz Munisa Ashurbekova Quvaytdagi xalqaro tennis  musobaqasida terma jamoa safida ishtirok etib, yakkalik va juftlik bahslarida barcha raqiblaridan ustun keldi.

Munisa bir necha yillardan buyon Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinayapti. Salkam 10 yildan buyon tennis bilan professional darajada muntazam shug‘ullanib kelayotgan Munisa Olimpiya zahiralari Respublika tennis maktabi o‘quvchisi hisoblanadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech