• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muhandislik maktabiga oʻqituvchilar taklif etiladi

06 Fevral 2023, 13:36 3660

“Olmaliq KMK” AJ Muhandislik maktabiga quyidagi 9 ta yo‘nalishlar bo‘yicha tajribaga ega o‘qituvchilarni shartnoma asosida ishga taklif qiladi.

1. Geologiya

2. Marksheyderlik ishi

3. Konchilik ishi

4. Foydali qazilmalarni boyitish

5. Metallurgiya

6. Mexanika (sanoatda)

7. Energetika (sanoatda)

8. Kon sanoati transporti

9. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

Talab etiladigan pedagogik ish tajribasi: 5 yildan ortiq;

Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;

Xorijiy til bilishi yoki xorijda tajribasi bo‘lishi zarur;

Bandligi: to‘liq ish kuni.

Vazifalari:

- barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma'ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

- tinglovchilarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

- tinglovchilar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

- yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarni takomillashtirib borish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh yo‘nalishlar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, muhandislik maktabi direktoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar berish;

- ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama qilish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

- ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- tinglovchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

- ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;

- xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta'lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

 Malaka talablari:

- pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

- yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lishi zarur;

- namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur;

- tinglovchilarga talabchan bo‘lishi zarur.

Talablar:

  • Ma'lumot – ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan;
  • O‘quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Faoliyat samaradorligini baholash;
  • Ish faoliyatida axborot-kommunikasiya texnoligiyalaridan foydalanish (AKT);
  • Tinglovchilarning muhandislik qobiliyatlarini shakllantirish.

Asosiy ko‘nikmalar:

Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

Ushbu ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va taklifga rozilik bildirgan o‘qituvchilar b.salimov@agmk.uz pochtasiga rezyumelarini telefon raqamlari bilan qoldirishlari so‘raladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech