• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tikuv mahsulotlari

Tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish sexi 15 yildan buyon kombinat xodimlari uchun va "chetga" maxsus kiyimbosh tikish bilan shug’ullanib kelmoqda. Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan matolar va butlovchi materiallar asosiy xom ashyo hisoblanadi.

Maxsus kiyimboshlar zamonaviy jihozlarda ishlab chiqariladi, har bir buyurtma eng yuqori sifat standartlariga mosligiga testdan o’tkaziladi. Ishlab chiqarilayotgan maxsus kiyimboshlar o’zining chidamliligi va qulayligi bilan ajralib turadi, xodimlarni sovuq, shamol, yomg’ir, olovdan himoya qiladi. Ishlb chiqarishda faqat o’z ishining ustalari mehnat qiladilar.

Ip-gazlamali erkaklar ish kostyumi, 8D9 model. "Diagonal" matosi, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan. Kurtkani belbog’i bostirib tikilgan, to’g’ri siluetli, tugmali yashirin ilgakli kurtka. Etaklarida 4ta qoplama cho’ntaklari, yuqori cho’ntaklarida "yopishuvchan" klapanlari bor. Yelkasi koketkali. Yenglari bir chok bostirilgan manjetli.

Uzunligini tartibga solib turadigan elkabog’li yarim kombinezon, bir necha bo’limga ega bo’lgan ko’krak cho’ntakli, ikki yon tomonida "yopishuvchan" klapanli, ikkita katta yon cho’ntaklari bor, orqa cho’ntagining biri "yopishuvchan" klapanli. Shimining orqa yarmida asboblar uchun maxsus bo’lim bor. Kurtkaning chap etagida va yarim kombinezon o’ng old yarmiga nur qaytaruvchi lenta tikilgan.

Ip-gazlamali erkaklar ish kombinezoni, 8D9 model. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan "Diagonal" matosi. Ish kombinezoni zanjirli yopg’ich bilan - yopiladigan markaziy yon tomonlama ilgakli, zanjirli yopg’chida yopiladigan 2 ta yuqori qoplama cho’ntakka va 2 ta katta qoplama cho’ntakka ega. Yelkasi koketkali. Yenglari manjet qo’yilgan choklab tikilgan.

Ip-gazlamali ayollar oq xalati, 8D8 modeli. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan "Oqartirilgan bo’z" ip-gazlama matosi. Xalat markazda qadaladigan tugmali, old tomoni reefli, yon tomonlama qoplama cho’tak, yenglari tugma bilan qadaladigan manjet qo’yib choklab tikilgan. Orqasida bel liniyasi bo’ylab ingichka kamari bor, qaytarma yoqali.

Ko’rpa-yostiq jildlari to’plami Sh-1-04 modeli. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan "Oqartirilgan bo’z" ip-gazlama matosi.

 

Bo`lishmoq:
Text to speech